Majburiyat subyektlari Reja: 1. Majburiyatda qatnashuvchi taraflar, ulushli va sherik majburiyatlar 2. Majburiyatda qatnashuvchi taraflarning ko'pchilik bo'lishi 3. Majburiyatdagi shaxslarning o'zgarishi 4. Regress (qaytarma) majburiyat Majburiyatda qarzdor va kreditor bo'lib ishtirok etuvchilar, fuqarolik huquqlari va majburiyatlariga ega bo'la oladigan shaxslar bo'lishlari kerak. Majburiyatga oid munosabatlarda kreditor va qarzdor sifatida fuqarolar, yuridik shaxslar shuningdek, ba'zi hollarda O'zbekiston Respublikasi ham subyekt bo'lib ishtirok etishi mumkin. Fuqarolik huquqida aksariyat majburiyatlarda (shartnomalarda) qatnashuvchi shaxslar bir vaqtning o'zida ham kreditor, ham qarzdor bo'lib hisoblanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi sotilgan narsani topshirish yuzasidan qarzdor, uning summasini talab qilib olish yuzasidan kreditor hisoblanadi va aksincha, sotib oluvchi narsani talab qilib olish yuzasidan - kreditor, uning summasini to'lash yuzasidan qarzdor hisoblanadi. Binobarin, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarda, ya'ni kreditor va qarzdorda ham talab qilish huquqi, ham majburiyat bo'lsa, bunday majburiyatlar (ikki tomonlama shartnomalar) murakkab majburiyatlar deb ham yuritiladi. Majburiyatda qatnashuvchi taraflarning ko'pchilik bo'lishi Odatda, har bir majburiyatda ikki taraf - kreditor va qarzdor qatnashadi. Ammo ba'zi hollarda majburiyatda kreditor yoki qarzdor tarafida yoxud har ikki tarafda ham bir necha shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Bunday majburiyatlar ko'p shaxsli majburiyatlar hisoblanadi. Masalan, bir mulk ikki shaxs tomonidan sotib olinganida - sotuvchi huzurida uning summasini to'lash yuzasidan qarzdor tomonidan ikki shaxs qatnashadi. Majburiyatda ko'pchilik bo'lib qatnashuvchi shaxslar aktiv va passiv ishtirokchilarga ajratilishi mumkin. Majburiyatda ko'pchilik bo'lib kreditor tarafida qatnashuvchi shaxslar - aktiv ishtirokchilar deb, qarzdor tarafida qatnashuvchi shaxslar esa - passiv ishtirokchilar deb ataladi. Agar majburiyatda qatnashuvchi shaxslar har ikki tarafda ham ko'pchilik bo'lib ishtirok etsa - aralash ishtirokchilar deb ataladi. Ko'p shaxslar ishtirok etgan majburiyatlar ulushli va sherik majburiyatlarga bo'linadi. Ulushli majburiyatlarda qatnashuvchi kreditorlarning har biri qarzdordan tegishli ulushining bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo'lsa, ulushli qarzdorlardan har biri o'ziga tegishli ulushni bajarishga majbur bo'ladi. FKning 251-moddasida ko'rsatilganidek, agar ulushli majburiyatda bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda talab qilishga haqli, har bir qarzdor esa - bu talabni bajarishi shart. Ulushli majburiyatga misol qilib ikki fuqaro tomonidan ulushlarga bo'linib qurilgan uy-joyning sotilishida sotuvchilardan har biri o'z ulushiga nisbatan tegishli haqni talab qilish yuzasidan kreditor bo'lishini ko'rsatish mumkin. Yuridik shaxslar o'rtasida ham ulushli majburiyatlar vujudga kelishi mumkin. Chunonchi, bir necha tashkilot birgalashib uy-joy qurganida tashkilotlarning har biri o'z ulushiga yarasha uy-joyni boshqarish va undan foydalanish huquqiga ega bo'ladi. Ulushli majburiyatlarda faol ishtirokchi bo'lgan kreditorlardan har bir qarzdordan faqat o'ziga tegishli ulushnigina talab qilish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.75 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.75 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc