Majburiyat tushunchasi va mazmuni. Majburiyatni bajarish

Majburiyat tushunchasi va mazmuni. Majburiyatni bajarish

O'quvchilarga / Huquq
Majburiyat tushunchasi va mazmuni. Majburiyatni bajarish - rasmi

Material tavsifi

Majburiyat tushunchasi va mazmuni. Majburiyatni bajarish Reja: 1. Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari 2. Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari 1. Majburiyat subyektlari tushunchasi 2. Majburiyatda qatnashuvchi taraflarning ko'pchilik bo'lishi, ulushli va sherik majburiyatlar 3. Majburiyatdagi shaxslarning o'zgarishi. 1. Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari. Majburiyat huquqi tushunchasi, tizimi va vujudga kelish asoslari haqidagi qoidalar. Majburiyatda qatnashuvchi taraflar, ulushli va sherik majburiyatlar, majburiyatda qatnashuvchi taraflarning ko'pchilik bo'lishi, majburiyatdagi shaxslarning o'zgarishi, regress (qaytarma) majburiyat masalalar. Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari, majburiyatlarni bajaruvchi subyektlar (shaxslar) doirasi, bajarish predmeti, muddati, joyi va usullari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatlari. 1. Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari. Fuqarolik huquqida majburiyat deb, shunday fuqarolik-huquqiy munosabatga aytiladiki, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirishga, chunonchi mol-mulk topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko'rsatish, pul to'lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o'zini saqlashga majbur bo'ladi; kreditor esa qarzdordan o'zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo'ladi (FK, 234-modda). Yuqorida berilgan ta'rifga ko'ra, majburiyat keng manoda, huquq subyektlari hisoblangan shaxslar (tashkilotlar va fuqarolar) o'rtasida bo'ladigan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi munosabatlarni bildiradi. Majburiyat tushunchasi huquqning boshqa sohalarida ham chunonchi, ma'muriy huquq, oila huquqi, mehnat huquqi sohalarida ham beriladi. Majburiyat atamasi boshqa manolarda ham ishlatiladi, masalan, majburiyat deb, faqat muayyan bir harakatni qilishga, chunonchi, ijara haqini to'lashga, sotib olingan narsani topshirishga qaratilgan burchga ham aytiladi. Majburiyat subyektlari va obyektlari uning muhim unsurlari hisoblanadi. Majburiyat subyektlari muayyan huquqlarga ega bo'lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslardir. Har bir majburiyatda, albatta, ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli bo'lgan taraf - kreditor deb ataladi. Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo'lgan taraf esa qarzdor deb ataladi. Majburiyatda ishtirok etuvchi kreditorning huquqi nisbiy huquq bo'ladi, chunki kreditor faqat malum shaxs yoki shaxslarga (bir qarzdor yoki bir necha qarzdorlarga) nisbatan talab qo'yish huquqiga ega. Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va shunga yarasha qarzdorning burchi nimaga qarata belgilangan bo'lsa, shuning o'zi majburiyat obyekti hisoblanadi. Jumladan, huquq va burchlar biror-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pul summasini to'lashga, biror-bir ishning bajarilishiga qaratilgan huquqiy harakatlardan iborat bo'lishi mumkin. Majburiyatlar majburiyat huquqi tushunchasini keltirib chiqaradi. Majburiyat huquqi - mulk topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko'rsatish yoki pul to'lash bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy normalar yig'indisidir. Majburiyat huquqi jamiyatimizda mulkiy munosabatlarning eng muhim va keng sohasini, o'zining fuqarolik-huquqiy xarakteridagi qoidalari bilan tartibga soladi. U tashkilotlar bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni ham, chunonchi, fuqarolarga xilma-xil tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda, ularga har turdagi xizmatlar ko'rsatish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.07 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.07 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga