Majburiyatlar va shartnomalar to'g'risidagi umumiy ta'limotlar

Majburiyatlar va shartnomalar to'g'risidagi umumiy ta'limotlar

O'quvchilarga / Huquq
Majburiyatlar va shartnomalar to'g'risidagi umumiy ta'limotlar - rasmi

Material tavsifi

Majburiyatlar va shartnomalar tо'g'risidagi umumiy ta'limotlar Reja: Majburiyatlar haqida umumiy qoidalar 2. Rim shartnomasi tizimi 3. Shartnomalarning haqiqiyligi shartlari 4. Shartnomaning ijrosini ta'minlash va uning buzilganligi uchun javobgarlik 5. Delikt (huquqbuzarlik)dan kelib chiqadigan majburiyatlar 1. Majburiyatlar haqida umumiy qoidalar Majburiyat. Majburiyat sо'zini juda oddiy tushunish mumkin, ammo qadimgi Rim yuristlari unga turlicha ta'rif berganlar. Masalan, Taubenshlag: Majburiyat bu kreditor (qarz beruvchi) va qarzdor oralaridagi huquqiy munosabat bо'lib, bunda qarzdorga kreditordan olgan qarzini tо'lash va boshqa xil vazifalarni bajarish majburiyati yuklangan, ularni bajarmasa turli salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin, - deydi. Bu yerda majburiyat predmeti biroz tor ma'noda, ya'ni qarz berish va qarz olish bilan bog'liq harakatlarni bajarish bilan ifodalanadi. Aslida, maj-buriyat turli xil, chunonchi, tovarni yetkazib berish, sotish, ishni bajarish, xizmat kо'rsatish, qarz berish kabi harakatlarni bajarishga qaratilgan bо'lishi mumkin. Majburiyat tushunchasi О'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasida berilgan. H.Rahmonqulovning ta'kidlashicha, majburiyat bо'yicha biron-bir harakatni bajarishga yoki boshqarishdan о'zini saqlashga majbur bо'lgan taraf - qarzdor, ushbu harakatni bajarishni yoki bajarmaslikni talab qilish huquqiga ega bо'lgan taraf - kreditor deb hisoblanadi. Shunga kо'ra majburyatning sub'yektlari qarzdor vakredtor deb yuritiladi[3]. M. Andreyev fikricha, rimliklar majburiyatni davlat tomonidan tasdiqlangan qarzdorning kreditor oldidagi majburiyatlari, bajaradigan yoki bajarmaydigan ishlari sifatida tushungan-lar. Rim yuristi Pavelning yozishicha, majburiyatning asl ma'nosi biror jismiy ashyoni bizniki qilish emas, balki birovni bizga bog'lashdir, u shaxs ushbu bog'lanishi tufayli biror narsani bizga berishi, bajarishi yoki biror narsaga imkon berishi kerak. Birovga bir narsa berib, undan sо'z olinar ekan, biz unga ishonamiz. Demak, majburiyat ishonchsiz bо'lmaydi. Majburiyatga asoslangan talab doimo shaxsiy bо'ladi. Rim yuristlari fikricha, kreditor va qarzdor yо'q joyda majburiyat ham bо'lmaydi. Kreditor va qarzdorni qonun bir-biridan yuqori qо'ymay-di, ular qonun oldida teng va har ikkisi ham bir xil himoyaga loyiq. Yustinian qо'llanmasida: Majburiyat huquqiy kishandir, bunda kreditor ham, qarzdor ham fuqarolik huquqimizga muqobil ma'lum vazifalarni bajarish majburiyati bilan bog'langan. Majburiyatni bajarish esa, mana shu bog'ich - kishanlardan forig' bо'lishdir, - deyilgan. Rim yuristlari majburiyat huquqini quyidagi turlarga bо'lib qaraganlar: 1) XII jadval va keyingi qonunlar bilan tasdiqlangan sivil majburiyati; 2) pretor tomonidan himoya qilinadigan pretor majburiyati; 3) natural majburiyatlar. Delikt va kontrakt.Majburiyat ikki manbadan hosil bо'ladi: 1) huquqbuzarlik, aybdorlik, birovga zarar yetkazish, turli taqiqlarni buzish; 2) biz о'zimizga turli vazifalarni oladigan kontraktlar va shartnomalar. Birinchisi delikt deb ataladi. XII jadval qonunlarida bu haqda: Sindirdimi - tuzatsin, zarar yetkazdimi - tо'lasin kabi qoidalar mavjud. Ikkinchisi - kontrakt, ya'ni shartnomaga asoslangan majburiyat deyiladi. Shartnomalar haqida jadval va qonunlarda: Shartnomani bajarish shart, va'da berdingmi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.11 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.11 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga