Reja: 1. Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari 2. Majburiyatlarni bajaruvchi subyektlar (shaxslar) 3. Bajarish predmeti 4. Majburiyatni bajarish muddati, joyi va usuli Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga muvofiq muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi - kreditorga ashyoni topshirish, ma'lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qop-lash, asossiz olingan mulkni qaytarish kabilardan iborat. Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan olingan majburiyat-larning o'z vaqtida bajarilishi xaq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega bo'-lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni mustahkam-lash, jamiyatning tobora o'sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishda katta rol o'ynaydi. Majburiyatlar FKning 236-moddasida aytilganidek, majburiyat shart-lariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo'lmagan taqdirda esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo'yila-digan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Bunda taraflarning har biri o'z majburiyatlarini ancha tejamli bajarish, ikkinchi tomonga uning o'z majburiyatlarini bajarishda har tomonlama yordam ko'rsatishi lozim. Majburiyatlar davlat hujjatlari va shartnomalardan kelib chiqqan bo'lsa, ularda ko'rsatilgan talab va shartlarga muvofiq bajarilishi kerak. Agar davlat hujjatlarida majburiyatni bajarish sharti ko'rsatilmagan bo'lsa, majburiyatlar o'zaro kelishib qo'yiladigan talablarga muvofiq lozim dara-jada bajarilishi zarur. Majburiyatni bajarishda har ikki tomon xo'jalik aloqalarining rivojlanishini ko'zlab, tejamlilik bilan va o'zaro hamkorlikda zarur harakatlarni qilishlari talab etiladi. Majburiyatlarni bajarish bir qator tamoyillarga asoslanadi. Ular: majburiyatlarni tegishli darajada bajarish, kelishilgan va maqbul usulda bajarish, majburiyatni tegishli shaxs uchun bajarish, aniq bajarish, tejamlilik va o'zaro hamkorlikda bajarish kabilardir. Majburiyatlarni tegishli darajada bajarish deganda, majburiyatlar qo'yilgan talablarga to'liq javob beradigan darajada, bekamu-ko'st va belgilangan muddatda bajarilishi nazarda tutiladi. Huquqiy munosabatlar-da qatnashuvchi shaxslar o'z majburiyatlarining lozim darajada bajarili-shidan bab-baravar manfaatdor bo'lishlari, bir-birlariga ko'maklashishlari farq qilinadi. Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi jamiyat manfaati hamda uning tobora o'sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Bozor munosabatlari sharoitida majburiyatlarni tegishli ravishda bajarilishidan nafaqat majburiyat o'z foydasiga bajarilayotgan subyekt, balki oxir-oqibatda jamiyatning har bir a'zosi manfaatdor bo'ladi. Chunki barcha xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan o'z majburiyatini lozim darajada bajarmasligi boshqa subyektlar uchun ham, garchi ular bevosita bunda kreditor sifatida qatnashmasalarda, salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Majburiyatlarni tegishli ravishda bajarish ularni qonun hujjatlariga, shartnoma shartlariga, ish muomalasi odatlariga, odatda qo'yiladigan talablarga muvofiq ravishda shartnoma narsasining sifati, miqdori, hajmi bo'yicha o'z vaqtida bajarilishini anglatadi. Majburiyatlarni bajarishning yana bir tamoyili - bu majburiyatlar kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilishidan iborat. Majbu-riyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyati anglashilmasa va qonun bilan belgilab qo'yilgan bo'lmasa, shartnomada ko'rsatilgan bo'lishi kerak (FK, 238-modda). Ushbu tamoyil ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.2 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.2 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc