Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik

Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Majburiyatlarning buzilishi va buning uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi 2. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari 3. Qarzdorning zararni to'lash majburiyati 4. Qarzdorning javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari 5. Majburiyatning qarzdor va kreditor tomonidan kechiktirilishi oqibatlari Majburiyatlarning buzilishi va buning uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi Ma'lumki, jamiyatimiz hayotining eng muhim tamoyillaridan biri qonun ustuvorligi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, Asosiy ijtimoiy, eng avvalo iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo'ladi[133]. Bozor mexanizmining eng asosiy xususiyatlaridan biri xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida ularning iqtisodiy javobgarligi va to'liq iqtisodiy mustaqilligi asosida[134] qonun va shartnomalar intizomiga qat'iy rioya qilish hisoblanadi. Qonun va shartnomalar mazmunida esa ko'p hollarda fuqarolar va yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan majburiyatlar yotadi. Majburiyat yuzasidan qarzdor bo'lgan shaxs uni butunlay bajarmasli-gi yoki lozim darajada bajarmasligi, majburiyatni bajarish yuzasidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buziganligidan ya'ni majbu-riyat yuzasidan qarzdor shaxs shuning o'zi bilan kreditorning subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi. Chunonchi, sifatsiz mahsulot (tovar) yet-kazib berishda mahsulot sotuvchi tashkilot - qarzdor sifatida huquq normasini, ya'ni, FKning tegishli moddasida ko'rsatilgan qoidani buzish bilan birga mahsulot oluvchi korxonaning, ya'ni kreditor tashkilot qarzdor tashkilotdan shartnomaga muvofiq sifatli mahsulot (tovar) ning o'ziga topshirilishini talab qila oladi. Yuqorida aytilganidek, qarzdorning harakatsizligi ham huquqqa xilof hisoblanishi mumkin. Bunday harakatsizlik qarzdorning shunday xatti-harakatidan iborat bo'lib ko'rinadiki, bunda qarzdor o'zi amalga oshirishi lozim bo'lgan harakatni qilmaydi. Masalan, uy-joy ijarasi shartnomasi bo'yicha tashkilotning uyida yashovchi fuqaro belgilangan ijara haqini to'lamasligi bilan Uy-joy kodeksining 69-moddasida belgilangan qoidani buzadi. Shu bilan birga, shartnomaga muvofiq tarzda qarzdordan kvartira haqining o'z vaqtida to'lanishini talab qilish huquqiga ega bo'lgan tashkilotning - ijaraga beruvchining, ya'ni kreditorning subyektiv huquqi ham buziladi. Bozor munosabatlari sharoitlarida qarzdorning tadbirkorlik qoidala-riga zid kelgan harakatlari yoki harakatsizligi, beparvoligi huquq norma-sini to'g'ridan-to'g'ri buzish bilan bog'liq bo'lmasa ham, huquqqa xilof hisoblanishi mumkin. Qarzdorning huquqqa xilof xatti-harakati huquq normalariga rioya qilmaslikni bildirganligi tufayli, chunonchi, qarzdor tomonidan olingan majburiyatning butunlay bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi va shu bilan shartnoma intizomining buzilishi - qonunchilikni buzish deb yuritiladi. Binobarin, shartnoma yuzasidan olingan majburiyatlarning, shuningdek, boshqa majburiyatlarning bajarilishini ta'minlashga qaratilgan kurash - aynan shu vaqtning o'zida qonunchilikka rioya qilish uchun bo'lgan kurash deb hisoblanadi. Qonunchilik xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining buzilishiga yo'l qo'ymaslik lozimligini normalamaydi. Chunki qarzdor tomonidan majburiyatning buzilishi, mazkur subyektlar tomonidan shartnoma intizomiga rioya qilmasligi davlat tomonidan belgi-langan huquq normalariga rioya qilmaslikni bildiradi. Natijada tashkilot-larning mablag'lari muomalada bo'lishi birmuncha sekinlashadi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.66 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.66 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga