Majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash Reja: 1. Majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash tushunchasi 2. Neustoyka - majburiyatlarni bajarilishini ta'minlash usuli sifatida 3. Garov - majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usuli sifatida 4. Qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish - majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usuli sifatida. 5. Zakalat - majburiyatlar bajarilishining ta'minlash usuli sifatida. 6. Kafillik - majburiyatlar bajarilishini ta'minlash usuli sifatida 7. Kafolat - majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usuli sifatida. Majburiyatning bajarilishini ta'minlash deb qarzdor tomonidan olingan va uning zimmasida bo'lgan vazifani bajarishga majbur qiladigan choraga aytiladi. Bunday chora qonun yoki shartnomaga binoan asosiy majburiyatga qo'shimcha qilib belgilanadi. Majburiyat bajarilishini ta'minlashning mohiyati shundan iboratki, qarzdor zimmasida bo'lgan majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasa yoki boshqacha tarzda buzilsa, kreditorda ziyonlarni undirishga bo'lgan huquqdan tashqari majburiyatning obyektini tashkil etgan harakatni qilishga qarzdorni majbur qiladigan boshqa mulkiy ta'sir choralarini qo'shimcha ravishda tadbiq etilishini talab qilish huquqi paydo bo'ladi. Majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taraf uchun noqulay oqibatlarning vujudga kelishi mumkinligi shartnomalarni kerakli hajmda bajarishga ularni majbur qiladi, vazifalarini vijdonan bajarishga da'vat etadi, shuning o'zi bilan davlat va shartnoma intizomining mustahkamlanishi ma'lum darajada ta'minlanadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan ta'minlanadi. Mazkur usullar yo qonun bilan belgilanishi yoki shartnomaga asoslangan bo'lishi mumkin. Fuqarolik qonunchiligida majburiyatning bajarilishini ta'minlash neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta'minlanishi mumkin (FKning 259-moddasi). Ushbu usullardan hech qaysisi o'zicha mustaqil ravishda qo'llanilmaydi. Bularning hammasi biron-bir majburiyatning mavjud bo'lishini ko'rsatib, mazkur majburiyatning bajarish maqsadlarini ko'zlab belgilanadi. Bunda shartnoma bo'yicha belgilangan majburiyat - asosiy majburiyat bo'lib, uning bajarilishini ta'minlash usuli esa - qo'shimcha majburiyat hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish yoki pudrat shartnomasidan kelib chiqadigan asosiy majburiyatning amalga oshirilishini ta'minlaydigan qo'shimcha majburiyat hisoblanadi. Ba'zi majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash maxsus qonunlarda nazarda tutilmagan bo'lsa, bunday majburiyat munosabatlarini ta'minlash Fuqarolik kodeksida berilgan umumiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga, muayyan majburiyatning bajarilishini ta'minlash usullari bir vaqtning o'zida qonun bilan ham, shartnoma bilan ham belgilanishi mumkin. Masalan, neustoyka va garov bir vaqtning o'zida shartnoma bilan ham, qonun bilan ham nazarda tutilishi mumkin. Boshqa usullar esa, masalan, zakalat faqat kelishuv bo'yichagina belgilanadi. Fuqarolik huquqining mazkur instituti majburiyatlarni qarzdor tomonidan bajarilmasligi natijasida kreditorga kelishi mumkin bo'lgan zarar oqibatlarining oldini olishga qaratiladi. Ammo mazkur usullarning har qaysisi bilan ko'rsatilgan maqsadga erishish har xil bo'ladi. Neustoyka va zakalat qarzdor tomonidan majburiyatning asli holatida bajarilishini ta'minlaydi va majburiyat ijro etilmagan holda qarzdorga muayyan javobgarlik belgilanishini ko'rsatadi. Neustoyka va zakalat ba'zi hollarda majburiyatning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zararning kreditor tomonidan undirilishini yengillashtiradi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.87 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.87 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc