Majburiyatlarning bekor bo'lishi

Majburiyatlarning bekor bo'lishi

O'quvchilarga / Huquq
Majburiyatlarning bekor bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Majburiyatlarning bekor bo'lishi Reja: 1. Majburiyatlarning bekor bo'lishi tushunchasi 2. Majburiyatlarning bajarilishi bilan bekor bo'lishi 3. Majburiyatlarni hisobga o'tkazish yo'li bilan bekor bo'lishi 4. Qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo'lib qolganida majburiyatning bekor bo'lishi 5. Taraflarning kelishuvi bo'yicha va qarzdorni qarzdan voz kechishi bo'yicha majburiyatning bekor bo'lishi 6. Bajarish mumkin bo'lmaganligi tufayli majburiyatning bekor bo'lishi 7. Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor bo'lishi Har qanday huquqiy munosabat kabi majburiyat ham muayyan asoslar, ya'ni, muayyan yuridik faktlar mavjud bo'lgan vaqtda bekor bo'ladi. Majburiyatning bekor bo'lishi deganda vujudga kelgan yuridik fakt tufayli majburiyat ishtirokchilari huquq va burchlarining bekor bo'lishi tushuniladi. Majburiyat Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga ko'ra to'liq yoki qisman bekor bo'ladi. Majburiyatni taraflardan birining talabi bilan bekor qilishga qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan hollardagina yo'l qo'yiladi (FKning 340-moddasi). Amaldagi qonunchilikka ko'ra, majburiyat quyidagi hollarda bekor bo'ladi: 1)majburiyatning bajarilishi bilan; 2) voz kechish haqini berish bilan; 3) hisobga o'tkazish bilan; 4) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechiish bilan; 5) qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo'lib qolishi bilan; 6) majburiyat yangilanishi bilan; 7) qarzdan voz kechish bilan; 8) bajarish mumkin bo'lmaganligi tufayli; 9) davlat organi hujjati asosida; 10) fuqaroning vafot etishi bilan; 11) yuridik shaxs tugatilishi bilan. Yuqorida ko'rsatilgan umumiy asoslardan tashqari majburiyatlarni bekor qiladigan yana ba'zi asoslar ularning ayrim turlarini tartibga soladigan tegishli boblarida nazarda tutilgan. Jumladan, mulkni ijaraga oluvchi shartnomani istagan vaqtida bir tomonlama bekor qila olishi mumkinligi ko'rsatiladi. 24.2. Majburiyatlarning bajarilishi bilan bekor bo'lishi FKning 341-moddasida ko'rsatilganidek, majburiyat, qoida tariqasida uning lozim darajada bajarilishi bilan bekor bo'ladi. Majburiyatlar bekor bo'lishining keng tarqalgan usullaridan biri - majburiyatni tegishli ravishda ijro etilishidir. Majburiyatlarning bekor bo'lishi uchun bajarish tegishli ravishda amalga oshirilmasa, majburiyatni bekor qilmay, balki uni buzganlik uchun mulkiy javobgarlik belgilanadi, ba'zi hollarda majburiyatni real ravishda bajarish vazifasi ham saqlanib qoladi. Ayrim majburiyatlar tegishli ravishda bajarilishi bilan bekor bo'ladi, shu bilan birga majburiyatni durust bajargan shaxsga shu shartnomani qayta tiklashda imtiyozli huquq beriladi. Masalan, biror mulkni ijaraga olgan shaxs o'z zimmasiga olgan majburiyatini durust bajarsa, shu mulkni ijaraga olish uchun yangi shartnoma tuzishda boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo'ladi. Kreditor ijroni qabul qila turib, qarzdorning talabi bo'yicha unga ijroning to'la yoki qisman qabul qilinganligi to'g'risida tilxat berishga majbur. Agar qarzdor majburiyatni tasdiqlash yuzasidan kreditorga qarz hujjati bergan bo'lsa, kreditor ijroni qabul qila turib, bu hujjatni qaytarishi, agar uni qaytarish mumkin bo'lmasa, bu to'g'rida o'zi bergan tilxatda ko'rsatishi lozim. Tilxat qaytarilayotgan qarz hujjatiga ustxat yozish bilan ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.16 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.16 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga