Mamlakatimizda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi rivojlanishi va hozirgi holati

Mamlakatimizda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi rivojlanishi va hozirgi holati

O'quvchilarga / Huquq
Mamlakatimizda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi rivojlanishi va hozirgi holati - rasmi

Material tavsifi

Mamlakatimizda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi rivojlanishi va hozirgi holati Reja: Markaziy Osiyoda dastlabki kriminologik ta'limotlar Tasavvufda quyidagilar komillik bosqichlari sifatida belgilangan: O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan to hozirgi kungacha bo'lgan davr. Mamlakatimizda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi, rivojlanishi va hozirgi holati Tarixiy-huquqiy adabiyotlarning tahlilidan kelib chiqib, mamlakatimizda kriminologik ta'limotlarning rivojlanish jarayonini quyidagi to'rt bosqichga bo'lib o'rganish mumkin: Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishigacha bo'lgan davr; Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishidan to chor Rossiyasi bosqinigacha bo'lgan davr; chor Rossiyasi va sobiq Ittifoq davri; O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan to hozirgi kungacha bo'lgan davr. Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishigacha bo'lgan davr. Markaziy Osiyo hududida dastlabki kriminologik ta'limotlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi - «Avesto»da, qadimgi xalqlarning bitiklarida, xalq og'zaki ijodida aks etadi va ushbu ta'limotlarning o'zagi ezgulik va yovuzlik, yomonlik va yaxshilik, adolat va adolatsizlik o'rtasidagi kurashni o'z ichiga oluvchi, insonni ezgulikka chorlovchi g'oya va qarashlarda namoyon bo'ladi. Chunonchi, ezgulik, yaxshilik insonni yaxshi amallarni bajarishga, jinoyat sodir etishdan tiyilishga undaydi. Yovuzlik va yomonlik esa, insonni huquqqa xilof ishlarni qilishga, qabihlikka, johillikka, sodda qilib aytganda, jinoyat sodir etishga da'vat etadi. «Avesto»da keltirilgan ma'lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi ikkinchi ming yillik oxiri - birinchi ming yillik boshiga oid bo'lib, og'zaki tarzda avloddan-avlodga o'tib kelgan. Keyingi asrlarda «Avesto» tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonunqoidalar va boshqalar qo'shilib borgan. «Avesto» o'zbek, umuman, Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to'g'risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, madaniyatlarini o'rganishda muhim va yagona manba hisoblanadi. «Avesto»da bayon etilgan g'oyalarga ko'ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya'ni yorug'lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning to'xtovsiz kurashidan iborat. Bu kurash abadiy davom etadi. Hayotdagi turfa o'zgarishlar qaysi kuchning g'alaba qilishiga bog'liq. Inson tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o'zaro kurashidan iborat. «Avesto»ning axloqiy-falsafiy mohiyati «ezgu fikr», «ezgu so'z» va «ezgu amal» kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o'z ifodasini topadi. «Avesto»da johillik, zo'ravonlik, tuhmat kabi yomon xislatlar qoralanadi, sof ko'ngilli bo'lish, xiyonat qilmaslik, savdoda bir-birini aldamaslik, haqorat qilmaslik kabi xislatlar targ'ib etiladi. Zardushtiylik ta'limoti va uning muqaddas kitobi «Avesto»da odamlarni imonli-e'tiqodli bo'lishga, doimo pokiza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yomon niyat va so'zlardan tiyilishga, yomon amallardan voz kechishga, nojo'ya ishlardan yuz o'girishga da'vat etadigan axloqiy qoidalar, o'gitlar nihoyatda ko'p. Jumladan «Avesto»da suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi, shuningdek, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar bitilgan. «Avesto»da harbiy to'qnashuvlar, xunrezliklar, bosqinchilik harakatlari keskin qoralanib, xayrli ish qilish, axloq-odobli, bilimli, ma'rifatli bo'lish esa turli diniy aqidalarga mutlaq amal qilishdan ustun, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.41 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.41 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga