Ma'muriy - siyosiy faoliyat sohalarini boshqarish

Ma'muriy - siyosiy faoliyat sohalarini boshqarish

O'quvchilarga / Huquq
Ma'muriy - siyosiy faoliyat sohalarini boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Ma'muriy-siyosiy faoliyat sohalarini boshqarish Reja 1. Mudofaa sohasini boshqarish 2. Davlat xavfsizligi sohasini boshqarish 3. Ichki ishlar sohasini boshqarish 4. Tashqi ishlar sohasini boshqarish 5. Adliya sohasini boshqarish Mudofaa deganda - O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta'minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmui tushuniladi. O'zbekiston Respublikasida mudofaa sohasini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati - bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Konstitutsiyasining 125-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi orqali mudofaa sohasini tartibga solishning boshlang'ich asoslari, masalan, davlat organlarini tashkil etish asoslari, mudofaa sohasini boshqarishning asosiy tamoyillari belgilab berilgandir. Mudofaa sohasini tartibga solishda O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 11 mayda qabul qilingan Mudofaa to'g'risidagi qonuni katta ahamiyatga ega. Mazkur qonun mudofaani tashkil etishning hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi, mamlakat mudofaasini ta'minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi. O'zbekiston Respublikasida mudofaa: boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni daf etish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi tegishli shartnomalar bilan bog'langan davlatlarga yordam ko'rsatish hollari bundan mustasno; xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish; harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik; harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning xususiyatiga monand bo'lishi; yadroviy va boshqa turdagi yalpi qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish; Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning tajovuzni daf etishga doim shay turishi; mudofaaning yetarli darajada bo'lishi; harbiy xizmat sharafli ekanligini ta'minlash kabi tamoyillarga asoslangan holda tartibga solinadi. Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi: tajovuzning oldini olish va qaytarishga, O'zbekiston Respublikasiga tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish; mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini ta'minlash; harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka bo'lgan aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish; O'zbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar ko'rish; Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi; Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol-yarog'lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat, boshqa moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan ta'minlash, ularning zaxiralarini vujudga keltirish; Qurolli Kuchlar qo'llanilishini rejalashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yo'nalishdagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.68 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.68 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga