ma'muriy huquq asoslari Reja: 1. ma'muriy huquq tushunchasi, uning tizimi va manbalari. 2. Davlat boshqaruvi tushunchasi, turlari va tizimi. 3. ma'muriy huquq normalari va ma'muriy-huquqiy munosabatlar. 4. ma'muriy huquqbuzarlik, ma'muriy javobgarlik va ma'muriy jazo turlari. O'zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, sud-huquq tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda ma'muriy islohatlarning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish ma'muriy huquq asoslari o'rganishning dolzarbligini takozo etmokda. «ma'muriyat» tushunchasi lotin tilidan olingan bo'lib, «boshqarish» degan manoni anglatadi. Shuning uchun xam ko'p xollarda ma'muriy huquq boshqaruv munosabatlariga doir huquq xam deb yuritiladi. ma'muriy huquq O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy munosabatlarning maxsus kismini tartibga keltirish bilan huquq tizimining boshqa tarmoqlaridan ajralib turadi. ma'muriy huquqning predmeti deganda, ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimiyatning tashkil etilishi, amal qilishi, kengrok manoda davlat boshqaruvi jarayoni rivojlanishi va tuxtatilishi bilan yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarni tushunamiz. Davlat boshqaruvi huquq normalari asosida amalga oshiriladi. Aynan shu funksiyani ma'muriy huquq amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asosi bo'lganligi uchun xam ma'muriy huquq boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi. Shu urinda quyidagi misolni keltirish mumkin. Agar davlat boshqaruv organi (hokimiyat) mulkiy bitim asosida uziga kerak tovarni yoki mahsulotni sotib olganda davlat boshqaruv funksiyasi yuzaga kelmaydi. hokimiyatning mulkiy huquqi ma'muriy yul bilan emas, aksincha fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayoni bilan bog'liq holda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar ma'muriy huquq predmetini ifrdalaydi. ma'muriy huquq quyidagi ko'rinishlarga ega: 1. tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga buysunadigan davlat organlari o'rtasida, yuqori va kuyi organlar. 2. Bir-biriga buysunmaydigan davlat organlari o'rtasida. 3. Davlat organlari bilan unga buysunadigan korxona, muassasa va tashkilotlar o'rtasida. 4. Davlat organlari bilan jamoat tashkilotlari o'rtasida. ma'muriy huquq subyekti. subyekt subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi: 1. Davlat organlari. 2. Davlat xizmatchilari. 3. Jamoat birlashmalari. 4. fuqarolar. ma'muriy huquq tizimi 2 kismga bulinadi. 1. Umumiy kism - umumiy tushunchalar, davlat boshqaruvi tushunchasi va tamoyillari, ma'muriy huquq predmeti, tizimi va manbalari. ma'muriy huquq subyektlari (davlat boshqaruv organlari, davlat xizmatchilari, jamoat birlashmalari, fuqarolar). 2. Maxsus kism -4 yo'nalish bo'yicha kullanilidigan huquq normalari. 1. iqtisodiy. 2. Ijtimoiy-madaniy. 3. ma'muriy siyosiy faoliyat. 4. tarmoqlararo (soha). ma'muriy huquq manbalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Korakalpogiston Konstitutsiyasi, Konstitutsiyaviy qonunlar, ma'muriy huquqiy normalariga doir qonunlar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ma'muriy boshqarishga taallukli farmonlari va karorlari O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda kabul qilingan ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi (yangi uzgartirish va kushimchalar bilan) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining davlat boshqaruvigv doir karorlari, Vazirliklar, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.75 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.75 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc