Ma'muriy huquq fani predmeti tizimi va manbalari

Ma'muriy huquq fani predmeti tizimi va manbalari

O'quvchilarga / Huquq
Ma'muriy huquq fani predmeti tizimi va manbalari - rasmi

Material tavsifi

ma'muriy huquq fani predmeti tizimi va manbalari Reja: ma'muriy huquq fani tushunchasi, predmeti va vazifalari. ma'muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi. Tartibga solishning ma'muriy-huquqiy usuli. ma'muriy huquq tizimi va manbalari. «ma'muriy huquq» atamasi lotincha «Administratio» so'zidan olingan bo'lib, «boshqaruv huquqi» manosini anglatadi. Shu sababli, «ma'muriy huquq» fanining mazmun-mohiyatini ochib berishdan awal «boshqaruv», «davlat boshqaruvi» tushunchalarini anglab olish lozim. Boshqaruv davlat paydo bolmasdan oldin vujudga kelgan bo'lib, kimni, nimani yoki qandaydir faoliyatni «yo'naltirish, unga rahbarlik qilish» manosini anglatadi. XX asrning 60-yillarida turli sohalardagi boshqaruv jarayonini o'rganuvchi fan - kibernetika vujudga keldi. Matematik apparat, matematik mantiq va funksiya nazariyasidan foydalanib, avtomatik tartibga solish, axborot va ilm-fanning ko'pgina boshqa sohalaridagi eng muhim tajribalarni (yutuqlarni) birlashtirish imkonini berdi. Kibernetika - boshqaruv, aloqa, kontrol, tartibga solish, qabul qilish, saqlash va axborotni qayta ishlash kabi masalalarni o'rganuvchi fan sifatida vujudga keldi. Bunda boshqaruv tushunchasi, jarayonlari, hamda prinsiplariga, yagona tizimni tashkil etuvchi turli elementlarning o'zaro aloqasiga alohida etibor qaratilgan. ma'muriy huquq huquq tizimining tarmog'i sifatida. ma'muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi. Tartibga solishning ma'muriy-huquqiy usuli. ma'muriy huquqning O'zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan o'mi va uning jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamiakatni modemizatsiya va isloh qilish bo'yicha vazifalaming bajarilishida tutgan o'mi. ma'muriy huquqning tizimi va manbalari ma'muriy huquq fan sifatida. ma'muriy huquq fanining tushunchasi va predmeti. Davlat boshqaruvi ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi, bu jarayonda xo'jalik tashkilotchilik, madaniy, ma'rifiy ishlarni amalga oshiradi, ma'muriy-siyosiy masalalarni xal qiladi. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o'z ichiga olgan huquqning alohida tarmog'i ma'muriy huquq deb ataladi. ma'muriy huquq fani davlat (konstitusion) huquqi faniga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu ikki fan o'rtasida o'zaro farqlar mavjud. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Ushbu jarayon davlat (konstitusion) huquq normalari bilan tartibga solinadi. ma'muriy huquq esa mana shu shikoyatlarning qaysi organga tegishligini, shikoyatni ko'rib chiqish muddati va tartibini hamda boshqa tomonlarni tartibga soladi. ma'muriy huquq davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni, yani davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Davlat boshqaruvi o'z mohiyatiga ko'ra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo'jalik- tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy ishlar amalga oshiriladi, ma'muriy-siyosiy masalalar hal qilinadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.42 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.42 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga