Ma'muriy huquq Reja: 1.Ma'muriy huquq tushunchasi va uning man'balari. 2.Ma'muriy huquq va ma'muriy jazo. 3. Ma'muriy jazo va uning turlari. Ma'muriy huquq- Konstitutsiyaviy, fuqarolik va jinoyat huquqlari bilan bir qatorda huquqning asosiy tarmoqlariga kiradi. «Ma'muriyat» so'zi lotincha «administratio» so'zidan olingan bo'lib, «boshqarish» ma'nosini bildiradi. Shu bois ma'muriy huquq ko'pincha boshqaruv huquqi yoki boshqarishga oid huquq deb ta'riflanadi. Huquq tarmoqlari bir-biridan, avvalo, huquqiy boshqaruv predmeti va usuli bilan farq qiladi. Ma'muriy huquqning O'zbekiston Respublikasi huquq tizimining mustaqil tarmog'i sifatidagi ijtimoiy munosabatlarning asosiy xususiyati shundaki, u davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya'ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ma'muriy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar asosan, quyidagilardan iborat: -tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo'ysunadigan davlat organlari (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan vazirliklar, qo 'mitalar, hokimliklar ) o 'rtasidagi munosabatlar; bir-biriga bo 'ysunmaydigan davlat boshqaruv organlari (ikki vazirlik, ikki hokimlik ) o'rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruv organlari va ularga bo 'ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o 'rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va boshqalar) o'rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruv organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar. Ma'muriy huquq manbalari. Konstitutsiya O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi qonun. O'zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari. Vazirliklar,davlat qo'mitalari yo'riqnomalari. Joylardagi hokimyat idoralari qarorlari Ma'muriy javobgarlik - ijro etuvchi va sud hokimiyatining maxsus vakolatli organlari va mansabdor shaxslari aybdorga belgilaydigan ma'muriy ja'zolar tizimi. Ma'muriy javobgarlikni qo'llash uchun asos vazifasini ma'muriy huquqbuzarlik bajaradi.Ma'muriyhuquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga, davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun qonunda ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan g'ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat yoki harakatsizlikka aytiladi.Ma'muriy huquqbuzarliklar, xuddi jinoyatlar kabi, jamiyat uchun xavflidir, ulardan faqat ushbu xavf darajasi bilangina farq qiladi. Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytga kelib 16 yoshga to'lgan shaxslar ma'muriy javobgarlik subyektlari boiishi mumkin. Ma'muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga binoan, ma'muriy huquqbuzarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, g'ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ma'muriy huquqbuzarliklar jinoyatlardan ushbu xavf darajasi bilangina farq qiladi. Ma'muriy huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardir: jamiyatga qarshi xususiyat; g'ayriqonuniyligi; aybliligi; qilmishning jazoga loyiqligi Ma'muriy huquqbuzarlik tarkibining belgilari quyidagilardan iborat: obyekt; obyektiv tomon; subyekt; subyektiv tomon. Ma'muriy huquqbuzarlikning obyektini normalari bilan tartibga solingan va ma'muriy huquqbuzarlik choralari bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. Obyektiv ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
307.99 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
307.99 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: pptx