Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy javobgarlik

Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy javobgarlik 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 10-mavzu Huquqshunoslik fanida jazoning muqarrarligi aytilgan. Bu narsa har qanday huquqbuzarlik huquqiy javobgarlik bilan bog'langanini anglatadi. Shuning uchun huquqning har bir sohasi, jumladan ma'muriy huquq ham belgilangan qoidalarni buzganlik uchun qonuniy javobgarlik choralarini nazarda tutadi. Huquqiy javobgarlikning maqsadi nafaqat huquqbuzarlikni ogohlantirish va uning oldini olishdan, balki insonni tarbiyalash, unga noqonuniy xatti-harakatining xavfini anglashiga ko'mak berishdan ham iboratdir. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonun hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 22-sentabrdagi Qarori bilan 1995 yil 1-apreldan joriy etilgan. Hozirgi paytga qadar unga ko'plab o'zgarishlar kiritilgan. Ma'muriy majburlash - ma'muriy hokimiyatni amalga oshirish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan ijro organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan tashkiliy, jismoniy va ruhiy ta'sir o'tkazish. Ta'sir o'tkazish huquqiy ko'rsatmalarning ijro etilishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ma'muriy majburlash nafaqat alohida shaxslarga, balki tashkilotlarga nisbatan ham qo'llaniladi. Ma'muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g'ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi Savol va topshiriqlar: 1. Nima deb o'ylaysiz, yuridik javobgarlik belgilayotganda qonun chiqaruvchilar qanday asosiy maqsadni ko'zlashadi? 2. Jazoning muqarrarligi tamoyilining mohiyati nimada? 3. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy maqsadini ayting. 4. Qanday harakatlar ma'muriy huquqbuzarlik (nojo'ya harakat) deb tan olinadi? 5. Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy majburlash huquqiy tushunchalariga ta'rif bering. ...

Ma'muriy javobgarlik Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 1-moddasiga binoan ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari: 1) ushbu Kodeks; 2) O'zbekiston Respublikasi qonunlari; 3) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; 4) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; 5) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 6) Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari; 7) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari; 8) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifasi - inson va jamiyat farovonligi yo'lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta'minlashni, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarning o'z vaqtida va obyektiv ko'rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, qonun hujjatlari, qanday harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma'muriy jazo qo'llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplariquyidagilardan iboratdir: qonuniylik prinsipi; fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi; demokratizm prinsipi; insonparvarlik prinsipi; odillik prinsipi; ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi. Deyarli barcha ma'muriy javobgarlikni belgilovchi huquqiy normalar, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi doirasida umumlashtirilgan. O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari: 1) moddiy va protsessual huquqiy normalar tizimini o'zida ifoda etadi; 2) fuqarolarning ma'muriy javobgarligini nazarda tutadi; 3) ma'muriy va sud tartibida ma'muriy huquqbuzarliklar uchun qo'llaniladigan ma'muriy javobgarliklarni tartibga soladi Ma'muriy javobgarlik - yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Bir vaqtning o'zida, ma'muriy javobgarlik ma'muriy-huquqiy majburlovning ko'rinishi bo'lib, uning barcha xususiyatlariga egadir. Ma'muriy javobgarlikka yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlari ham xosdir. U huquqiy normalar asosida o'rnatiladi, shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo'llaniladi va vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan o'rnatilgan protsessual tartibda huquqiy normalarda nazarda tutilgan sanksiyalarni qo'llashda ifodalanadi. Ma'muriy javobgarlik masalasi ko'pgina huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo'lib, ularning aksariyati bu masalaga deyarli bir xilda yondoshgan: ma'muriy javobgarlik - bu ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma'muriy-protsessual tartibda ma'muriy jazoni qo'llashdir.[1] A.P.Alexin ma'muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlariga ega ekanligi bilan bir qatorda, quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ham ko'rsatib o'tadi: birinchidan, ma'muriy javobgarlik qonunlar bilan ham, qonunosti hujjatlari bilan ham o'rnatiladi, ya'ni u o'zining normativ-huquqiy asosiga egadir. Jinoiy javobgarlik - faqat qonunlar bilan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.9 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.9 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga