ma'muriy huquqbuzarlik, javobgarlik va ish yuritish Reja: ma'muriy huquqbuzarlik va uning tarkibi ma'muriy javobgarlik va uning xususiyatlari 1. ma'muriy huquqbuzarlik va uning tarkibi ma'muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga binoan, ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqaroning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g'ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. ma'muriy huquqbuzarlikning uchta belgisi bor: 1) aybdorlik; 2) g'ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik; 3) javobgarlikka tortish. ma'muriy qonunchilik tomonidan taqiqlangan harakat yoki harakatsizlik g'ayrihuquqiy ma'muriy huquqbuzarlik deb hisoblanadi. Aybdorlik qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 11-moddasiga binoan, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z harakati yoki harakatsizligining g'ayriqonuniy ekanligini, uning zararli oqibatlarini oldindan bilgan va shuni istagan bo'lsa yoki oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, bunday ma'muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan hisoblanadi. Mazkur kodeksning 12-moddasiga binoan esa, agar ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatga olib kelishi mumkinligiga ko'zi etsa-da, lekin kaltabinlik bilan uning oldini olish mumkin, deb o'ylagan bo'lsa yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligiga oldindan ko'zi etishi lozim va mumkin bo'lgani holda oldindan ko'zi yetmagan bo'lsa, bunday ma'muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi. ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar 16 yoshga to'lgan paytdan boshlab ma'muriy javobgarlikka tortiladilar. ma'muriy huquqbuzarlikning tarkibi to'rt qismdan iborat: obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon. ma'muriy huquqbuzarlikning umumiy obyekti - davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan va ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar; turdosh obyekti - fuqarolarning huquq va erkinliklari, mulk, jamoat tartibi, tabiiy muhit, boshqaruvning belgilangan tartibi. Har qaysi ma'muriy huquqbuzarlik bevosita o'zining obyektiga ega, masalan, jamoat joylarida uyatli so'zlar bilan so'kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzish - mayda bezorilikning bevosita obyektidir. ma'muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni - g'ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik. Masalan, jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Ana shu g'ayriqonuniy harakatlar ma'muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni hisoblanadi. ma'muriy huquqbuzarlikning subyekti 16 yoshga to'lgan fuqaro (umumiy subyekt); mansabdor shaxs, xorijiy davlat fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs (maxsus subyekt); harbiy xizmatchi, ichki ishlar organlarining oddiy va boshliqlar tarkibiga mansub shaxs (alohida subyekt) bo'lishi mumkin. ma'muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoniga huquqbuzarning aybi va sodir etgan harakatiga ruhiy munosabati, ushbu harakatlarni qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida sodir etganligi kiradi. ma'muriy huquqbuzarlik jinoiy qilmishdan ijtimoiy xavflilik darajasining pastligi bilan ajralib turadi. ma'muriy huquqbuzarlik jamoat tartibini, xizmat intizomini buzish, o'z vazifasini suiistemol qilish demakdir. ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik Oliy Majlis tomonidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.74 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.74 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc