Ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ish yuritish

Ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ish yuritish

O'quvchilarga / Huquq
Ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ish yuritish - rasmi

Material tavsifi

Ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ish yuritish Reja: 1. Ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ish yuritishning vazifalari, prinsiplari va umumiy qoidalari 2. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma 3. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda 4. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish 5. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish va protest bildirish 6. Ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etish O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 269-moddasiga binoan, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) har bir ishning holatini o'z vaqtida, har tomonlama, to'la va obyektiv ravishda aniqlab chiqish; 2) bu ishni qonun hujjatlariga muvofiq holda hal etish; 3) chiqarilgan qarorning ijrosini ta'minlash; 4) ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlash; 5) huquqbuzarliklarning oldini olish; 6) fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash; 7) qonuniylikni mustahkamlash. Har bir ishning holatini o'z vaqtida, har tomonlama va to'la aniqlab chiqish shuni anglatadiki, huquqbuzarlik ishini to'g'ri ko'rib chiqish uchun, zarur bo'lgan barcha holatlarni aniqlash lozim. Bunday holatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganligini aniqlash; ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybdorlik darajasini aniqlash; ma'muriy huquqbuzarlikning ma'muriy javobgarlikni vujudga keltirishini aniqlash; mulkiy zarar keltirilganligini aniqlash; ma'muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarining mavjudligini aniqlash; huquqbuzar to'g'risidagi, shuningdek, ish uchun ahamiyatli bo'lgan boshqa ma'lumotlarni aniqlash; ishni to'xtatishga olib keladigan holatlarning mavjudligini aniqlash va boshqalar. Ma'muriy huquqbuzarlik ishlari bo'yicha har bir holatni o'z vaqtida aniqlash - ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya etishni nazarda tutadi. Ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritish mazmuni nafaqat ishning holatini o'z vaqtida, har tomonlama va to'la aniqlab olishni, balki uning obyektivligini ham talab qiladi. Bu toifadagi ishlarni ko'rib chiqishning asosiy prinsiplaridan biri - bu obyektivlikdir. Ushbu prinsipdan kelib chiqqan holda, ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar barcha holatlarni aniqlashlari shart. Obyektivlik ishga nisbatan adolatsizlik, taxminlarga asoslangan holda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning manfaatini ko'zlab guvohlik beradigan holatlarni mensimaslikni istisno etadi. Bundan tashqari, ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritishning obyektivligi - ushbu jarayon ishtirokchilariga, ularning shikoyatlari va boshqa murojaatlariga nisbatan hurmat bilan qarashni nazarda tutadi. Amaliyotda ushbu prinsipni amalga oshirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi bilan bir qancha kafolatlar o'rnatilgan (masalan, huquqbuzarlik ishlari qayta ko'rib chiqilishi mumkin) ma'lum bir holatlarda ishni ko'rib chiquvchi davlat organi (mansabdor shaxs) - hujjatlarni talab qilib olishi, ekspertiza o'tkazishi, ishni obyektiv hal qilish uchun tekshiruvlar o'tkazishi va boshqa choralarni ko'rishi mumkin. Ma'muriy huquqbuzarliklar ishlarini qonun hujjatlariga binoan hal etish - ma'muriy faoliyatda qonuniylikni ta'minlashning asosiy qoidalaridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.46 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.46 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga