ma'muriy huquqiy munosabatlar tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari Reja: ma'muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi. ma'muriy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o'zgarishi va bekor bo'lishi asoslari. ma'muriy-huquqiy munosabatlarning subyektlari va obyektlari. ma'muriy-huquqiy munosabatlarning turlari. ma'muriy-huquqiy munosabatlar huquqiy munosabatlarning, yani boshqaruv sohasidagi huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning alohida turidir. Har qanday huquqiy munosabat kabi ma'muriy-huquqiy munosabat: birinchidan, ijtimoiy munosabatga huquq normasining tartibga soluvchi va unga yuridik tus beruvchi ta'siri mahsulidir; ikkinchidan, huquqiy munosabat tomonlarining harakatlari (xulq- atvori)ni huquq normasi bilan tartibga soladi; uchinchidan, huquqiy munosabat tomonlarining huquqlari va majburiyatlarini huquqiy norma bilan belgilangan tartibda me'yorlaydi va mutanosiblashtiradi; to'rtinchidan, huquq normasi talablariga javob bermaydigan xulq- atvor uchun tomonlarning yuridik javobgarligini belgilaydi. Shunday qilib, ma'muriy-huquqiy munosabat ikki tomonlama xususiyat kasb etadi, yani, bir subyekt huquqlariga boshqa subyektning majburiyatlari mos keladi, yoki aksincha. ma'muriy huquq normasi o'z-o'zidan muayyan ma'muriy- huquqiy munosabatni vujudga keltirmaydi. U - bunday munosabat vujudga kelishining asosi bolib, tegishli sharoitda va tegishli subyektlar mavjud bolganda boshqaruvga oid munosabat ma'muriy-huquqiy shakl-shamoyil kasb etadi. ma'muriy-huquqiy norma taraflar vakolatlarining hajmini, ularning o'zaro huquq va majburiyatlarini, shuningdek majburiyatlarni bajarmaganlik yoki huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikni belgilaydi. ma'muriy-huquqiy norma bir taraf uchun mumkin bolgan xulq- atvor turi va me'yorini, boshqa taraf uchun esa - joiz xulq-avor turi va me'yorini belgilaydi. ma'muriy-huquqiy munosabatni davlat boshqaruvi sohasida vujudga keluvchi, ma'muriy-huquqiy norma bilan tartibga solingan boshqaruvga oid ijtimoiy munosabat sifatida tavsiflash mumkin. ma'muriy huquq nazariyasida qayd etilishicha, barcha ma'muriy- huquqiy munosabatlar boshqaruvga oid munosabatlaming yuridik shakli bo'lganligi bois, ularga boshqaruvning asosiy xususiyatlari xosdir. Ular davlat boshqaruvi funksiyalarini amalga oshirish jarayonida turli jamoalar o'rtasida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabat shaWlaridan biridir. Ular o'z mazmuniga ko'ra irodaviy munosabatlardir, chunki ma'muriy-huquqiy munosabatlar o'z ishtirokchilarining xohish- irodasi va ongi bilan belgilanadi. Shuningdek, bunday munosabatlar tashkiliy xususiyatga ega, zero ular davlat boshqaruvining tashkillashtiruvchi mohiyatini aks ettiradi. Nihoyat, mazkur munosabatlar ma'muriy xususiyat kasb etadi, yani taraflar o'rtasidagi aloqalar zamirida hokimiyattashkiliy (boshqarish- bo'ysunish) munosabatlari yotadi. Ushbu muhim umumiy jihatlar doirasida ularning asosiy xususiyatlarini yoritish o'rinli bo'ladi. Birinchidan, ma'muriy-huquqiy munosabatlar faqat mazkur munosabatlarni vujudga keltiradigan va ular orqali amalda joriy etiladigan ma'muriy-huquqiy normalarga muvoliq yuzaga keladi, o'zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Bu huquqiy munosabatlar doirasida taraflaming xulq-atvori, ularning o'zaro huquq va majburiyatlari ma'muriy huquq normalari bilan qatiy tartibga solinadi. Ikkinchidan, ma'muriy-huquqiy munosabatlar alohida sohada, aniqroq aytganda, davlat boshqamvi subyektlarining ijroiya-boshqaruv, yani hokimiyat-tashkiliy faoliyati sohasida vujudga keladi. Bu huquqiy munosabat taraflarining huquqlari va majburiyatlari mazkur turdagi davlat faoliyatining vazifalari bilan uzviy bog'liq. Demak, ma'muriyhuquqiy munosabatlar yuzaga keladigan, o'zgaradigan va bekor qilinadigan sohaning chegarasi ancha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.73 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.73 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc