ma'muriy huquqiy normalar Reja: ma'muriy-huquqiy normalar tushunchasi. ma'muriy-huquqiy normalar tuzilishi. ma'muriy-huquqiy normalarning turlari. ma'muriy-huquqiy normalarning vaqt va shaxslar doirasida amal qilishi. ma'muriy-huquqiy norma davlat tomonidan o'rnatilgan va bajarilishi maxsus davlat vositalari bilan ta'minlanadigan, joiz xulq- atvor me'yoridir. Huquq normasi o'z yuridik mazmuniga ko'ra muayyan xulqatvor qoidasi bo'lib, unga rioya qilinishi turli tashkiliy, ma'rifiy va rag'batlantirish vositalarini, shuningdek ularga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan yuridik majburlov (intizomiy, ma'muriy, moddiy, jinoiy javobgarlik) choralarini qollashni nazarda tutadi. Ushbu xususiyatlar ma'muriy-huquqiy normalarga ham xosdir. Ular davlat-boshqaruv faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini va mazkur faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi boshqaruvga doir munosabatlarni (masalan, shaxsning, ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining huquqiy maqomini) belgilaydi. ma'muriy-huquqiy normalarning quyidagi funksiyalarini farqlash mumkin: ijro etuvchi hokimiyat tizimi va uning ayrim bo'g'inlari tashkiliy faoliyatini tartibga solish hamda ular o'rtasidagi o'zaro oqilona aloqani ta'minlash; davlat boshqaruvi sohasida fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalarining huquq va erkinliklari ro'yobga chiqarilishi va himoya qilinishini ta'minlash; davlat boshqaruvi sohasida bevosita ish olib boruvchi va muayyan hajmda uning funksiyalarini bajaruvchi (masalan, mahalliy hokimliklar) yoxud o'z harakatlari bilan bu soha (masalan, fuqarolar, jamoat birlashmalarining) manfaatlariga u yoki bu tarzda daxl etuvchi barcha shaxslar va fuqarolarning ijobiy xulq-atvori variantlarini belgilash. Ijobiy yoki lozim darajadagi xulq- atvor qanday harakatlarni bajarish mumkinligini (joizligini), qanday xatti-harakatlardan o'zini tiyish kerak (taqiqlarni), qanday harakatlarni bajarish zarurligini (ko'rsatmalarni) nazarda tutadi. Aslida ma'muriy-huquqiy munosabatlar subyektlarining xulq- atvoriga boshqamvning ta'siri xuddi mana shunda namoyon bo'ladi; ijro etuvchi hokimiyat mexanizmining konstitutsiyaviy vazifasi samarah amalga oshirilishini, yani qonunlarda belgilangan talablarining bajarilishini ta'minlash va shu tariqa yagona davlat hokimiyati ijroiya tarmoglning mohiyatini namoyon etish; davlat-boshqaruv faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarda mustahkam qonuniylik tartibi va davlat intizomini ta'minlash; ma'muriy javobgarlikni nafaqat boshqaruvga doir muno- sabatlarga, balki huquqning boshqa ko'pgina tarmoqlari (masalan, mehnat, moliya, yer huquqi) normalarini himoya qilish vositasi sifatida tatbiq etish. ma'muriy-huquqiy normalar muayyan ichki mutanosiblikka (iyerarxiyaga) ega. Bu ma'muriy-huquqiy normalarning pog'ona- ma-pog'ona bo'ysunishini, yani muayyan iyerarxiyasini: konstitutsiyaviy normalar, qonunlarning normalari va ijro etuvchi hokimiyat subyektlari (masalan, O'zbekiston Respublikasining Hukumati, vazirlik, mahalliy hokimliklar) tomonidan o'rnatila- digan normalar mavjudligini anglatadi. Yagona yuridik mazmunga ega bolgan mazkur huquqiy normalar o'zining yuridik kuchiga ko'ra teng emas. Konstitutsiyaviy va qonun xususiyatiga ega bolgan ma'muriy-huquqiy normalar o'z yuridik ahamiyatiga ko'ra birlamchidir. Ijro etuvchi hokimiyat subyektlari tomonidan o'mati- ladigan ma'muriy-huquqiy normalar konstitutsiyaviy qonunchilik normalariga nisbatan ikkilamchi xususiyat kasb etadi. Bundan ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining faoliyatigina emas, balki ular yaratadigan ma'muriy-huquqiy normalar ham qonunga mos bo'lishi lozim, degan xulosa kelib chiqadi. Huquqiy normalar iyerarxiyasida ular muayyan o'rin egallaydi. Ijro etuvchi hokimiyat subyektlari tomonidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.94 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.94 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc