Ma'muriy jarayon

Ma'muriy jarayon

O'quvchilarga / Huquq
Ma'muriy jarayon - rasmi

Material tavsifi

Ma'muriy jarayon Reja: 1. Ma'muriy jarayon tushunchasi va uning xususiyatlari 2. Ma'muriy jarayonning umumiy bosqichlari 3. Ma'muriy-protsessual normalar va munosabatlar Umumiy qoidadan kelib chiqadigan bo'lsak, jarayon - bu qandaydir holatlarning, hodisalarning ketma-ketlikda almashinuvi, nimaningdir rivojlanishi bo'lib, kimyoviy, biologik va ijtimoiy ko'rinishlarga ega bo'ladi. Barcha jarayonlar ichida ijtimoiy jarayon alohida ahamiyatga egadir. Ijtimoiy jarayon - ishlab chiqarish, ijodiy, yuridik (huquqiy) va boshqa jarayonlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, ijtimoiy jarayonning boshqaruv, tashkiliy va stixiyali (masalan, migratsiya; bozor) ko'rinishlari ham mavjuddir. Huquqshunos olimlar o'zlarining ilmiy ishlarida huquqiy faoliyatning bir necha turlarini farqlashadi, masalan, huquqiy jarayon, shartnomaviy faoliyat, ish yuritish. YE.G.Lukyanova o'zining monografiyasida, huquqiy jarayon va u bilan bog'liq bo'lgan protsessual huquq tushunchasiga bir necha yondashuvlarni ko'rsatib o'tadi. Jumladan, uning fikricha: 1) huquqiy jarayon - bu odilsudlov organlarining yurisdiksiyaviy va boshqa muhofaza etuvchi faoliyatidir; protsessual huquq - odilsudlovni amalga oshirish jarayonida ularning faoliyati bo'yicha yoki odilsudlovni amalga oshirishga tayyorlash faoliyati bo'yicha vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisidan iborat; 2) huquqiy jarayon - vakolatli davlat organlari va boshqa subyektlarning yurisdiksiyaviy va boshqa muhofaza etuvchi faoliyatidir. Protsessual huquq deganda esa, huquq to'g'risidagi nizolarni hal etish va huquqiy majburlovni qo'llashga qaratilgan faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi tushuniladi; 3) huquqiy jarayon - vakolatli davlat organlarining huquq ijodkorligi va huquqni qo'llash faoliyatidir; protsessual huquq - huquq ijodkorligi va moddiy huquq normalarini qo'llash jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni (tashkiliy ijtimoiy munosabatlarni) tartibga soladi; 4) huquqiy jarayon - moddiy-huquqiy normalarni amalga oshirish shaklidan qat'i nazar, bajarish jarayonidir. Protsessual huquq - moddiy huquq normalarini amalga oshirish bo'yicha instruksiya (ko'rsatma) hisoblanadi; 5) huquqiy jarayon - davlat organlarining barcha huquqiy faoliyatidir (huquq ijodkorligi, huquqni qo'llash, ta'sis etish, kontrol, farmoyish berish). Protsessual huquq esa, bu faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi hisoblanadi. V.D.Sorokinning fikricha, jarayon - huquqiy kategoriya bo'lib, quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: birinchidan, jarayon - bu davlat hokimiyat faoliyatining ifodalanishidir. Boshqacha aytganda, jarayon - bu shunday faoliyatki, uning yordamida davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunchilikda ko'rsatilgan huquqiy shaklga ega bo'ladi; ikkinchidan, jarayonning har qanday turi - bu dinamik (harakatchan) tushuncha bo'lib, tegishli davlat hokimiyati organlari faoliyatining murakkabligini ko'rsatadi; uchinchidan, jarayonning asosiy xususiyati shundan iboratki, bu har qanday hokimiyat faoliyati emas, balki mazmuni, maqsadi va undan kelib chiqadigan oqibatlariga ko'ra huquqiy hisoblanadi; to'rtinchidan, jarayon huquqiy faoliyat sifatida, ma'lum bir tartibga solinganlikni talab etadi. Tartibga solish - turli davlat organlari protsessual faoliyatining asosiy tomonlarini qamrab oladi va huquq tizimida muhim ahamiyatga ega bo'lgan protsessual normalar orqali amalga oshiriladi; beshinchidan, jarayonning fuqarolik, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga