Ma'muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari, dalillar va isbotlash Mavzu tarkibi: Ma'muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari Dalillar Isbotlash Ma'muriy ish bo'yicha arizachining yoki manfaatida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfining oldini olish chorlari sanaladi. Arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralar ko'rmay turib, himoya qilish mumkin bo'lmasa yoki qiyin bo'lsa dastlabki himoya choralarini ko'rilishi mumkin. (MSIYT 92-m) Dastlabki himoya choralari! Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko'ra qo'llanadi. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza sudga ariza (shikoyat) bilan bir vaqtda yoki ish yuritish jarayonida berilishi mumkin. Arizada: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; 3) talab predmeti; 4) dastlabki himoya chorasini ko'rish zarurligining asoslantirilganligi; 5) arizachi ko'rishni so'rayotgan dastlabki himoya chorasining turi; 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Arizada boshqa ma'lumotlar ham ko'rsatilishi mumkin. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilishi mumkin. Agar dastlabki himoya choralarini ko'rish to'g'risidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Toshkent tumanalararo ma'muriy sudiga Arizachi:A.A.A dan Toshkent shahar, Chorsu dahasi. 211 Javobgar: Chorsu tuman hokimligi Ariza Men A.A.A 2022-yilning 12-ferval sanasida o'zimga qarashli uy-joyga nisbatan yangi tuman hokimi tomonidan boshqa fuqaroga qaror bilan berib yuborildi. Mazkur vaziyatda norizi bo'ldim. Va sizdan bu qarorni haqiqiy emas deb topishingizni so'rayman. Uyimga nisbatan tasarruf qilish huquqi berilganligi sababli manga tegishli uyni realizatsiya qilishni taqiqlashingizni so'rayman. Ilovalar 14.03.2022 imzo F.I.O Dastlabki himoya choralari Muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash Yunusobod tuman hokimining 2021-yil 19-yanvardagi 452-son qarorining 3-bandida tumandagi Markaziy dehqon bozori MCHJ chegaralarini kengaytirish va zamon talablariga mos ravishda qayta rekonstruktsiya qilish maqsadida bozor hududida joylashgan ayrim tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo'lgan do'konlar buzilishi va qayta qurilishi belgilangan. Boshqa tadbirkorlik subyektlari qatori Ko'cha MChJga ham unga qarashli 45 kvadrat metr maydondagi savdo do'koni buzilishi haqida ogohlantirish berilgan. Biroq ushbu do'kon uchun to'lab berilishi lozim bo'lgan kompensasiya pullarining 22 00 00 so'm qismi to'lab berilmagan. Shu sababli, arizachi hokim qarorini haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan va MChJga tegishli savdo do'konlarini buzish hali boshlanmaganligi, agar do'konni buzish to'xtatilmasa, ushbu do'kon ham buzilib ketishi mumkinligi sababli, nizo sudda ko'rib chiqilgunga qadar bozor rahbariyatiga nizo predmetiga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.09 MB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.09 MB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: pptx