Markaziy Osiyoda nikoh munosabatlarining diniy-huquqiy qoidalar asosida tartibga solinishi Reja: 1. Shariat va odat bo'yicha nikoh 2. Nikoh ahdini tuzish tartibi 3. Nikohdan ajralish Shariat bo'yicha nikoh Insoniylik nuqtai nazaridan qaralganda nikoh - muqaddas ishdir. Chunki u halollik asosida qo'shilishni ma'qul deb biladi, nikohsiz qo'shilish esa haromlik belgisidir. Haromlik ta'siri esa bo'lajak farzandlarda, oilaning barakali bo'lishida o'z salbiy oqibatlarini ko'rsatishi mumkin. Qonun tilida nikoh bola tug'ilishini qonunlashtiradigan alohida turdagi xususiy shartnomani anglatadi. Shariat bo'yicha nikoh shartnomaga o'xshab ketsada, undan farq qilgan. U umurbodga tuziladi. Shariat muddatli shartlarga yo'l qo'ymagan. Agar nikoh ahdida muddatli shartlarga ma'lum hafta, oy yoki yilga yo'l qo'yilgan bo'lsa, bunday nikoh haqiqiy emas deb sanalgan. Shariat bo'yicha nikohdan o'tish uchun nikohdan o'tuvchilardan bir qator shartlarga rioya qilish talab etilgan. Ular: Birinchidan-nikohdan o'tuvchilarning o'zaro roziligi; Ikkinchidan-nikoh yoshiga to'lish; Uchinchidan-nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; To'rtinchidan-kelin uchun qalin va mahr to'lash; Beshinchidan-diniy e'tiqod birligi; Oltinchidan-nikohdan o'tadiganlar yaqin qon - qarindosh bo'lmasligi; Yettinchidan-tabaqa bo'yicha tenglik; Sakkizinchidan-nikohdan o'tivchilarning ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishi lozim. Shariat bo'yicha nikohdan o'tishda turmush qurayotganlarning roziligini olish marosimi juda qiziq bo'lgan. Bu jarayon nikoh to'yidan bir necha kun oldin kelinning uyida, mahaliy urf-odatlarga ko'ra rasmiylashtirilgan. U bo'lajak kuyov va kelinning ikki guvoh hamda ruhoniyat vakili ishtirokida amalga oshirilgan. Ulardan rozilik so'ralgan va shu rozilik nikoh shartnomasini tuzish uchun huquqiy asos hisoblangan. Shariat bo'yicha nikoh yoshi ug'il bolalar uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Shunda o'g'il bolalar jinsiy jihatdan voyaga yetgan bo'lishlari lozim. Amalda esa o'g'il bolalar-14, qiizlar-12 yoshga to'lganda nikoh tuzilgan. Shariat bo'yicha nikoh ahdini tuzish vaqtida albatta ikki kishi guvohlikka o'tishi lozim. Guvohlikka o'tishga qo'yilgan shaxslar nikoh ahdini tuzuvchilarning o'zaro roziligini o'zlari bir vaqtning o'zida eshitgan bo'lishlari lozim edi. Shariat bo'yicha nikoh ahdini tuzishning navbatdagi sharti qalinni to'lash va ajratilgan mahrni berishdan iborat bo'lgan. Bu siz nikoh haqiqiy emas, deb sanalgan. Mahr kuyov tomonidan kelinga berilib, uy-joy va sepdan iborat bo'lgan. Har bir hududda mahr, qalin hajmlari har-xil bo'lgan. Shariat bo'yicha, faqat islom diniga mansub bo'lgan shaxslargina o'zaro nikoh tuza olgan. Agar ayol boshqa dindan islom diniga o'tsa, u bilan nikoh qurish mumkin edi. Movarounnahrda islomga qadar nikoh munosabatlari tiyib bo'lmaydigan va tartibsiz shakllarda namoyon bo'lgan. Shariat yaqin qarindoshlarning yoki ko'kaldoshlar (bir onani emib katta bo'lganlar)ning nikohini man qilgan. Qur'oni karimning Niso (4)-surasinin 22-24-oyatlarida nikoh taqiqlangan hollar batafsil belgilab berilgan. Nikoh ahdini tuzishda talab qilinadigan shartlardan biri tabaqa bo'yicha tenglikdir. Nikoh haqiqiy teng bo'lishi uchun kafalat - nikohga kiruvchi shaxslar urug'i, qarindoshligi bo'yicha va unvonlarda teng ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.84 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.84 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: doc