Markaziy Osiyodagi barqarorlik va havfsizlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar

Markaziy Osiyodagi barqarorlik va havfsizlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar

O'quvchilarga / Huquq
Markaziy Osiyodagi barqarorlik va havfsizlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyodagi barqarorlik va havfsizlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar Reja: Jamiyat rivojlanishining o'tish davrida ma'naviy - ma'rifiy ishlarning ustuvor yo'nalishlari. Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasidagi nomoyon bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari. Diniy ekstremistik harakatlarning Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekistondagi g'arazli maqsad va intilishlari. Markaziy Osiyoda faoliyat yuritishga intilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar. («Hizbut tahrir», O'zbekiston islom harakati, «Nurchilar» va boshq.). «Halifalik» tushunchasi. Yoshlar va xotin-qizlar orasida ekstremistik g'oyalarni tarqatishga o'rinishning asosiy sabablari. «Shahid» tushunchasi. «Jaholatga qarshi ma'rifat» g'oyasining mazmun-mohiyati hamda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olishdagi ahamiyati. Ma'lumki XX asr ohiri XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikni qo'lga kiritgach, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-ma'naviy jabhalarda sodir bo'lgan o'zgarishlar, jamiyat ma'naviy hayotining bir qismi bo'lgan diniy munosabatlarda ham o'z aksini topdi. Odatda, hamisha ham diniy faollikning oshishi kishilik jamiyati tarixining o'tish va burilishi davrlariga to'g'ri keladi. Aynan shu davrda avvalgi ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy tuzilmalar buzilib, yangilari tiklanyotgan bo'ladi. Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi aynan shunday o'tish davrini o'z boshidan kechirayotganligini inobatga olmoq lozim. Har qanday e'tiqod, shu jumladan diniy e'tiqod ham inson ma'naviyatining tarkibiy qismidir. E'tiqodsizlik inson uchun og'ir dard bo'lib, odam o'zligini yo'qotadi, unda nur o'rnini zulmat qoplab inson ruhiyati o'z yahlitligini qo'ldan boy bera boshlaydi. Aynan xalqimiz tarixidagi sho'rolar jamiyati davrida shaxsga sig'inish, terror va qatag'onchilik, turg'unlik davridagi ijtimoiy yolg'on va soxta muhit ma'naviyatimiz taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mehnatga haq to'lashdagi adolatsizlik, boqimandalik kayfiyati, shuningdek jamiyatda ma'naviy madaniyatga ko'rashchan partiyaviylik, sinfiylik, vulgarateizm nuqtai nazaridan yondoshish sovet davrida milliy madaniyat va ma'naviyatning bir tomonlama rivojiga sabab bo'ldi. Bunday muhitda axloqsizlik asosida milliy g'urur va iftixor toptaldi. Shu jumladan, islomiy diniy kitoblarni nashr qilish va foydalanish taqiqlandi. Bu esa siyosiy loqaydlik, ijtimoiy passivlik, beparvolik, hudodan qo'rqmaslik, islom dini mazmun-mohiyatini bilmaslik, umuman e'tiqodsizlik asosida kishilarni imondan uzoqlashishga olib keldi. Shu sababli bugungi jamiyat rivojlanishining o'tish davrida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri mustaqilligimizni mustahkamlash uchun sovet davridagi ma'naviyatimizga salbiy ta'sir qilgan holatlardan qutulish, milliy g'urur va milliy iftixorni qayta tiklash, islom diniy qadriyatlariga hurmat bilan qarash, sho'rolar davridagi singdirilgan qo'rquv to'yg'usidan halos qilish ishlarini amalga oshirishdan iborat. Huddi shu ma'noda bizning hozirgi sharoitimizda faqat islom omili yoki islom ma'naviyatigina o'tish davrida barcha ijtimoiy ehtiyojlarni qondiraolmasligini hisobga olib, ma'naviy qadriyatlarimizni mazmunan mustaqillik talablariga moslashtirishni, islom diniy ma'naviyati bilan ilmiy asoslangan qarashlarni uyg'unlashtirishni taqazo etadi. Bugungi sharoitda islomga faqat diniy, aqidaviy ta'limot sifatida emas, balki jamiyatimiz taraqqiyotining yirik ma'naviy omillaridan biri sifatida ham qaramoq lozim. Bunday maqsadlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.86 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.86 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga