Marksizmning davlat va huquq ta'limoti va uning inqirozi

Marksizmning davlat va huquq ta'limoti va uning inqirozi

O'quvchilarga / Huquq
Marksizmning davlat va huquq ta'limoti va uning inqirozi - rasmi

Material tavsifi

Marksizmning davlat va huquq ta'limoti va uning inqirozi Reja: 1. Marksizmning shakllanish xususiyatlari 2. K.Marks va F.Engelsning siyosiy va huquqiy qarashlari 3. V.I. Leninning siyosiy-huquqiy qarashlari 4. Marksizmning amaliyotda qo'llanishi va uning inqirozi Marksizmning paydo bo'lishi ijtimoiy-siyosiy fikr tarixida muayyan bir bosqichni tashkil qiladi. U Yevropada XIX asrning 40 yillarida ishchilar sinfining mustaqil siyosiy kuch sifatida maydonga chiqishi sharoitida vujudga keldi. Bu jarayon bilan bog'liq ijtimoiy va sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi mafkura sohasida ham o'z aksini topdi. Bu hol marksizmning ijtimoiy-siyosiy fikrning boshqa oqimlariga nisbatan keskin va chidamsizlik bilan munosabatda bo'lishini belgiladi. Marksizm ta'limotiga xos bu xususiyat uni ijtimoiy-siyosiy fikrning boshqa oqimlariga qarama-qarshi qilib qo'ydi va rivojlanishiga salbiy ta'sir qildi. Marksizm ta'limotining salbiy xususiyatlaridan yana biri shundaki, u paydo bo'lishi bilan o'zini bexato, eng to'g'ri ta'limot deb ko'rsatishga urindi, bu xulosalarini aqidalashtira boshladi. Bu aqidalashtirish ishiga marksizmning ko'zga ko'ringan targ'ibotchilari K.Kautskiy, G.V.Plexanov, F.Mering, A.Labriola va boshqalar o'z xissalarini qo'shdilar. Bular marksizmgacha bo'lgan ijtimoiy-siyosiy fikr haqiqatni izlash va uni topishga qaratilgan tayyorgarlik, muqaddima edi xolos, degan xulosani asoslashga harakat qildilar. Bu marksizm aqidalashtirilishining birinchi bosqichi edi. K.Marks ta'limotini ilohiylashtirish va aqidalashtirishning ikkinchi bosqichi marksizm bu mutloq haqiqatdir, undan keyin ijtimoiy nazariyada kashf qiladigan hech narsa qolmadi, ijtimoiy fikrning vazifasi marksizmga izoh berish, ayrim xususiy masalalarga qo'shimchalar kiritishdan iboratdir, degan fikrni singdirishdan iborat bo'ldi. Marksizmning aqidalashtirish doirasida qandaydir maxsus falsafaga da'vogarlik paydo bo'ldi. Bu falsafa ijtimoiy fikr rivojining cho'qqisi deb izohlangan dialektik va tarixiy materializm edi. Marksizm aqidalashtirish, falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikrning boshqa oqimlariga mensimaslik bilan qarash natijasida bu ta'limotning o'z aqidalari doirasida, biqiqlikda qolib ketishiga olib keldi. Marksizm kommunizm qurishga qaratilgan faoliyatning nazariy asosi deb ta'riflandi. Bu uning biryoqlama, o'ta siyosiylashtirilgan ta'limot sifatida shakllanganligining ko'rinishi edi. 2. K.Marks va F.Engelsning siyosiy va huquqiy qarashlari Marks va Engels jamiyatni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tuvchi tarixiy jarayon sifatida o'rgatdilar. Ular ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya haqidagi ta'limotlarida jamiyatni besh bosqichga bo'ldilar. Ibtidoiy tuzumdan qulchilikka, undan feodalizmga, so'ng kapitalizmga va undan kommunizmga o'tish ijtimoiy-zaruriy jarayon deb tushuntirdilar. Bu formatsion qarashning asosiy siyosiy maqsadi kommunizmni asoslashdan iborat edi. Marksizmga xos xususiyatlardan yana biri siyosatga va mafkuraga sinfiy yondashishdan iboratdir. Jamiyat rivojining harakatlantiruvchi kuchi sinfiy kurashdir, jamiyat tarixi esa sinflar kurashi tarixidan iboratdir, degan aqidaga asoslangan holda proletariat diktaturasini o'rnatish orqali sinfsiz kommunistik jamiyat barpo qilish mumkin degan xulosa chiqarildi. Marksizm ta'limotiga ko'ra davlat ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, hukmron sinfning quroli sifatida paydo bo'lgan. Jamiyat taraqqiyot muayyan bosqichga ko'tarilgandan keyin davlat o'ladi, chunki sinfsiz kommunistik jamiyatda davlatga ehtiyoj qolmaydi. Ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.33 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.33 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga