MDH va xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlarining faoliyati

MDH va xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlarining faoliyati

O'quvchilarga / Huquq
MDH va xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlarining faoliyati - rasmi

Material tavsifi

MDH va xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlarining faoliyati Reja: MDH mamlakatlarida (Rossiya, Qozog'iston v. b.) prokuratura organlarining faoliyati. Belorussiyada Respublika prokuraturasi Litva Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonuniga muvofiq, prokuratura Qirg'iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi Prokurorning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan o'zaro munosabatlari MDH mamlakatlarida (Rossiya, Qozog'iston v. b.) prokuratura organlarining faoliyati. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlarida prokuratura organlarining tashkil topishi va rivojlanishi, tarixiy tendensiyalari bir-biriga juda o'xshash bo'lib, ularni yagona markazlashgan prokuratura idorasiga tegishli bo'lganligi tufayli, qonunlarning tuzilishi, prokuratura idorasining davlat organlari o'rtasida tutgan o'rni va ahamiyati bir-biriga yaqinligi bilan ajralib turadi, masalan: Rossiya Federatsiyasi Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari Rossiya Federatsiyasi Prokuratura to'g'risidagi Qonunining 3-moddasi belgilangan bo'lib, avvalambor, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi, Prokuratura to'g'risidagi Federal qonuni, boshqa federal qonunlar va xalqaro shartnomalardan iborat. Rossiya Federatsiyasining 129-moddasida ko'rsatilishicha, Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi quyidan yuqoriga bo'ysunish tartibida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashgan tizimidan tashkil topgan. Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Rossiya Federatsiyasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan Federatsiya Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi. Rossiya Federatsiyasi subyektlarining prokurorlari Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori tomonidan subyektlar bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadilar. Boshqa prokurorlar Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadilar. Rossiya Federatsiyasi prokuraturasining tashkil etish va faoliyat tartibi, vakolatlari federal qonunlar bilan belgilanadi. Amaldagi «Rossiya Federatsiyasining Prokuratura to'g'risidagi» Qonuniga asosan prokuratura organlari faoliyat ko'rsatadi. Ushbu qonunga o'zgartirishlar 10.02.199 yili , 19.11.199 yili va 02.01.200 yili kiritilgan bo'lib, 7 ta bo'lim, 54-moddadan iborat. 1-bo'lim Umumiy qoidalar, 2-bo'lim Rossiya Federatsiyasi prokuratura organlarini tashkil topishi va tizimi, 3-bo'lim Prokuror nazorati, 5-bo'lim Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat. Prokuratura organlari va muassasalari xodimlari, 6-bo'lim Harbiy prokuratura organlarining tashkil etilishi va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari, 7-bo'lim prokuratura faoliyatining va tashkil etilishining boshqa masalalari deb nomlanadi. Rossiya Federatsiyasining prokuraturasi - Rossiya Federatsiyasi nomidan Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi va qonunlarining aniq va bir hilda bajarilishi ustidan nazorat faoliyatini amalga oshiradigan yagona markazlashgan federal tizimni tashkil etadi. Rossiya prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari qonunda asosiy funksiyalari deb nomlanadi. Asosiy funksiyalar Rossiya Federatsiyasining Prokuratura to'g'risidagi Federal Qonunini 1-moddasida belgilangan. 2-moddasida xalqaro hamkorlik, 4-moddasida prokuratura faoliyatining va tashkil etilishining tamoyillari, 5-moddasida prokuror nazorati faoliyatini amalga oshirishga aralashishga yo'l qo'yilmasligi, 6-moddada prokuror talablarini bajarilishini majburiyligi, 8- moddada jinoyatchilkka qarshi kurash faoliyati, 9-modda huquq ijodkorligi faoliyatidagi ishtiroki, 10-moddasida prokuratura idoralarida ariza, shikoyat va boshqa murojaatlarning ko'rib chiqilishi va hal qilinishi belgilab qo'yilgan. Qonunning boshqa keyingi moddalarida belgilangan qonun talablari ham O'zbekiston Respublikasining prokuratura to'g'risidagi qonun talablariga o'hshab ketadi. Rossiya Federatsiyasi prokuratura idoralarining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.62 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.62 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga