Mediatsiya tamoYilari amalga oshirish tartibi va muddati Reja: Mediatsiya nima Mediatsiya to'g'risidagi qonun Mediatsya tamoilarini amalga oshirsh tartibi Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati Mediatsiya nima? 2018 yil 3 iyulda O'zbekiston Respublikasining Mediatsiya to'g'risidagi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, taraflarning mediatsiyani qo'llash bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa taraflarning xohish-istagi asosida, suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko'rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili qo'llanilishi belgilandi. Mediatsiya nima? Mediatsiya - kelib chiqqan nizoni taraflar o'zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko'magida hal qilish usuli. Qabul qilingan hujjatga asosan u nizolarning 3 ta toifasi bo'yicha amalga oshirilishi mumkin: fuqarolik huquqiy munosabatlardan, sh.j. tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar; yakka mehnat nizolari; oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar. Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo'l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya - yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi. Аsosoan Mediatsiya - ingliz tilidan tarjima qilinganda vositachilik ma'nosini anglatadi. U kelib chiqqan nizoni taraflarning o'zaro maqbul qarorga erishish maqsadidagi ixtiyoriy roziligi asosida, xolis bo'lgan shaxs, ya'ni mediator ko'magida hal qilish usulidir. Bugungi kunda O'zbekistonda mediatsiyaga o'xshash yarashtiruv protseduralari turli nizolarni hal etishda qo'llanib kelinadi. Jumladan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan nizolashayotgan taraflarni, xususan, qo'shnilar o'rtasidagi nizolarni, oilaviy nizolarni yarashtirish faoliyatini ham mediatsiyaning bir shakli sifatida ko'rish mumkin. Jamiyatimizda avvaldan mahalla raislari qo'shnilar, oila a'zolari, er-xotin o'rtasidagi nizolarni hal etish vazifasini, ya'ni mediator vazifasini bajarishgan. Mediatsiya to'g'risidagi qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining imzosi bilan amaliyotga tatbiq qilingan Mediatsiya to'g'risidagi qonun muomalaga mediatsiyaga oid yangi tushunchalarni olib kirishi barobarida, jamiyat hayotining yana bir sohasini huquqiy jihatdan tartibga soladigan bo'ldi. Аyni paytda O'zbekiston nizolarni hal qilishning muqobil usuli, mediatsiyadan foydalanishning dastlabki bosqichida turibdi. Mediatsiya to'g'risidagi qonun Mediatsya tamoilarini amalga oshirsh tartibi Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun taraflar o'zaro kelishuvga ko'ra bir yoki bir necha mediatorni tanlaydi. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, qoida tariqasida, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: pptx