Mehnat huquqi fani, uning vazifalari va maqsadlari

Mehnat huquqi fani, uning vazifalari va maqsadlari

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat huquqi fani, uning vazifalari va maqsadlari - rasmi

Material tavsifi

mehnat huquqi fani, uning vazifalari va maqsadlari Reja: 1. mehnat huquqi fani, uning taraqqiyot bosqichlari. 2. mehnat huquqi fanining asosiy vazifalari. 3. mehnat huquqi fanining o'rganilishi va ahamiyati. mehnat, jismoniy mehnat, ijtimoiy foydali faoliyat, doimiy va mavsumiy faoliyat, mehnat huquqi, uning predmeti, mehnat huquqi fanining o'rganish obyekti, manbalari mehnat huquqining umumiy va maxsus qismlari. mustaqil O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlari va hayotiy tajriba talablari yuridik fanlarning tugal sistemasini takomillashtirishni takazo etadi. huquqshunoslik deb nomlanuvchi umumiy fan tarkibiga fuqarolik huquqi, jinoyat qonunchiligi, oila huquqi, yer va suv huquqi, xalqaro huquq singari tarmoqlar kiritilgandir. Uning o'rni kishilik jamiyatining taraqqiyotidagi ahamiyatiga karab belgilanadi. mehnat huquqi odamlarning mehnat faoliyati jarayonidagi munosabatlarini o'rganadi. Bu fan malum manoda mehnatni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Kishilarning mehnat faoliyati va mehnat huquqi bilan bir katorda mehnat huquqi fani xam shakillanib va rivojlanib borganligi haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lishimiz lozim. mehnat huquqi fani masalan Rossiyada Oktyabr inkilobidan keyin tarkib topdi va rivojlanib bordi. Xar qanday davlat uzining dastlabki kunlaridan boshlabok mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish masalasi bilan bevosita shugullanadi. Kishilarning mehnat faoliyati va munosabatlari bo'yicha uzining normativ talablarini belgilab oladi. Bunday normativ talabalar esa Konstitutsiya, kodekslar va qonunlarda huquqiy jihatdan qonunlashtirib kuyiladi. mehnat huquqi fani xam yagona va ijodiy negiz asosida kuriladi. mehnat, uning mohiyati va maqsadlariga oid umumiy tushuncha va dunyoqarashlar va o'rganish metodologiyasi xam davlat siyosati, bozor munosabatlari bilan chambarchas bog'liqdir. mehnat huquqi fanining asosiy qoidalari va tomoyillari mamlakatning istiqbolini belgilab beruvchi qonun hujjatlaridan aks ettirilgandir. mehnat huquqi fani ijtimoiy fan sifatida mehnat jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni o'rganadi. Bular esa mehnat huquqi fanining predmetini tashkil etadi. mehnat huquqi fani huquq normalari va mehnat munosabatlarini o'rganish bilan jamiyatning obyektiv qonuniyatlari bilan bog'liqligini aniklab beradi. Masalan, mehnatni takdirlashni tartibga solish masalasini o'rganishda mehnat huquqi fani mavjud normalar asosida sarflangan mehnat miqdori va sifatiga karab taksimlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga kay darajada muvofik ekanligini, mehnat me'yori bilan istemol me'yori o'rtasidagi muvofiklik, mehnatni moddiy ragbatlantirish va uni muhofaza qilinishi ko'rib chikiladi. Ular o'rtasida nomuvofiklik aniqlangan taqdirda mehnat huquqi fani bunday kamchiliklarni yo'qotish yo'llarini va shartlarini belgilab beradi. mehnat huquqi fani huquqiy tushunchalar va ilmiy ta'riflarning vujudga keltirishga, huquqiy ong va madaniyatni takomillashtirishga yordam beradi. Masalan Uzb.R.MK ning 29 moddasida jamoa shartnomasi tushunchasiga tulik ta'rif beriladi. 72 moddada esa mehnat shartnomasiga tulik tushuncha ifodalab berilgandir. mehnat huquqi faniga oid bunday tushunchalar kodekslar va qonunlarda puxta ishlangan bo'lib, ular xususida maxsus tadqiqotlar xam yaratilgandir. mehnat normalarini yanada takomillashtirish huquq fani ma'lumotlaridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.37 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.37 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga