Mehnat huquqi subyektlari

Mehnat huquqi subyektlari

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat huquqi subyektlari - rasmi

Material tavsifi

Mehnat huquqi subyektlari Reja: 1. Mehnat huquqi subyektlari tushunchasi, turlari va ularning huquqiy maqomi 2. Fuqaro (xodim)lar mehnat huquqi subyekti sifatida 3. Ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar) mehnat huquqi subyekti sifatida 4. Kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va mehnat jamoalari mehnat huquqi subyekti sifatida. Ish beruvchilarning vakilligi Huquqshunoslik fanlari nazariyasiga ko'ra huquq subyektlari deganda amaldagi qonunchilikka muvofiq subyektiv huquqlar va majburiyatlarga ega bo'lganlari holda ijtimoiy mehnat munosabatlarida ishtirok etaoladigan shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar) nazarda tutiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish sharoitida mehnat huquqida mehnat bozorida bevosita qatnashuvchi shaxslar subyektligi xosdir. Bunday subyektlar qatoriga fuqarolar (ishga yollanuvchi xodimlar), yuridik shaxslar (ish beruvchi korxona va tashkilotlar), ushbu ikki tomonlarning vakillari, tegishli hollarda esa davlat organlari (ishga joylashtirish organlari timsolida) kiritilishlari mumkin. Ushbu subyektlarning har biri maxsus huquqiy statusga ega bo'lib, bu hol ularning aniq belgilangan huquqiy munosabatlarda qatnashishlariga imkon tug'diradi. Mehnat huquqi subyektlarining huquqiy statusi ularning mehnat munosabatlaridagi yuridik mavqeini belgilaydi. Mehnat huquqi subyekti bo'la olishlik statusi quyidagi elementlar bo'lishi lozimligini taqozo qiladi: 1) mehnat huquqiy-muomala layoqati; 2) Qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlarga egalik; 3) ushbu huquqlarning kafolatlanganligi; 4) majburiyatlar lozim darajada bajarilmasligi uchun javobgar bo'la olishlik. Mehnat huquqiy-muomila layoqati Muayyan shart-sharoitlar mavjud bo'lganida (muayyan yoshga yetish, xo'jalik yoki mulkiy mustaqillikka ega ekanlik) mehnatga oid munosabat ishtirokchisi bo'lish imkonini beradi. Bundan tashqari, mehnat huquqi subyekti bo'la olishlik mehnat munosabati davomida subyektiv huquqlar va majburiyatlar ola bilish imkoni mavjudligini ham anglatadi. Subyektiv huquq va majburiyatlar asosan qonunlardan kelib chiqib, mehnat huquqiy subyekti statusi negizini tashkil etadi, bu huquqiy holat Konstitutsiya, Mehnat Kodeksi, boshqa qonunlar bilan mustahkamlab qo'yilgan. Mehnat huquqi subyektlari huquqlari va majburiyatlarining kafolatlanganligi Ular huquqiy statuslarni mustahkamlashga, mehnat-huquqiy munosabatlarni barqaror bo'lishiga imkon beradi. Mehnat-huquqiy munosabat ishtirokchilarning javobgarligi shaxs yuridik statusini belgilashda katta ahamiyatga ega. Mehnat-huquqiy muomala layoqati mazmunining muhim elementi - javobgarlik bo'lib, muomalaga layoqatsiz shaxsga javobgarlik yuklash mumkin emas. Mehnat huquqiy status subyektlar mehnat huquqiy-muomala layoqati hajmi, mazmuni turli subyektlarda turlicha ekanligi bilan ajralib turadi. Bundan shunday xulosa chiqishi mumkinki, subyektlar guruhining har birida ayrim guruhlar o'ziga xos statusga ega bo'lishi mumkin. Masalan, mehnat huquqi subyekti sifatida fuqarolar tadbirkorlar (ish beruvchi fuqarolar) va yollanib ishlovchi fuqarolarga, yollanib ishlovchilar esa o'z navbatida ishchilar, injener-texnik xodimlar, rahbarlar, yosh bolali ayollar kabi o'z huquqiy statusiga ko'ra alohida mavqeiga ega bo'lgan toifalarga bo'linishi mumkin. Mehnat jamoalari ham mehnatga oid munosabat subyekti sifatida korxona mehnat jamoasi, sex, bo'lim, filial mehnat jamoasi kabi huquqiy statusi har xil bo'lgan turlarga bo'linadi. Mehnat huquqiy status umumiy va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.96 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.96 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga