Mehnat huquqining manbalari Reja: 1. Mehnat huquqi manbalari tushunchasi, turlari va ularning ahamiyati 2. Mehnat huquqi manbalari sanaluvchi normativ hujjatlarni vaqt, hudud hamda shaxslarga nisbatan amal qilishi «Huquq manbai» tushunchasi keng ma'noda jamiyatning moddiy sharoitlari, ishlab chiqarish munosabatlari darajasi bilan belgilansa, tor ma'noda davlat tomonidan ifoda etilgan erkning namoyon bo'lish shakli nazarda tutiladi. Mehnat huquqining manbalari xilma-xil shakllarda (qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqalar) bo'lishi mumkin, ular umumiy maqsad - qonunchilik va adolatni ta'minlash bilan o'zaro birlashgan bo'lib, bo'ysunish munosabatida bo'ladi. Mehnat huquqi manbaini o'rganish paytida uning vujudga kelish xususiyatlari, fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini muhofaza qilishga qaratilganligi e'tiborga olinmog'i lozim. Mehnat huquqi manbaining vujudga kelishida xodimlarning vakillik organlarida faol ishtirok etishlari, bu manbalar orasida tarmoq, korxona, tashkilotlarning bevosita o'zida ishlab chiqiladigan lokal me'yorlar salmoqli o'rin tutishi, mehnat huquqiga oid me'yorlar eng ko'p tabaqalanganligi kabi (mehnat sharoitlariga, aholi yoshiga, jinsiga, tarmoq xususiyatlariga, tabiiy iqlim va boshqa sharoitlarga, boshqa o'ziga xos sharoitlarga ko'ra) ularning o'ziga xos xususiyatlaridan iboratdir. Shunday qilib, mehnat huquqining manbai deganda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xodimlar va ish beruvchilar vakillik organlari tamonidan o'z vakolatlari doirasida xodimlarning mehnat sharoitlarini tartibga solish, o'zaro mehnat munosabatlarini boshqarish yuzasidan qabul qilinadigan huquq normalarining ifodalanish shakli nazarda tutiladi. Mehnat huquqi manbalari qonunlar va qonun asosida qabul qilinadigan boshqa huquqiy hujjatlardan iborat bo'lishi mumkin. Qonunlar o'z navbatida Konstitutsiya va amaldagi qonunlardan iborat bo'lishi mumkin. Mehnat huquqining bosh manbai O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo'lib, unda har qanday fuqarolarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa huquqlari, jumladan eng asosiy tabiiy huquqlaridan hisoblanuvchi erkin mehnat qilish, dam olish, mehnatga yarasha ish haqi olish, adolatli va qulay ish sharoitlarida mehnat qilish, mehnat huquqlari amalga oshirilishining kafolatlanishi, samarali tarzda himoya qilinishi nazarda tutilgan (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasi, 13, 14, 15, 18, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 48 va boshqa moddalari). O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizning Asosiy Qonuni sifatida mehnat qonunchiligining shakllanishi va rivojlanishi uchun tabiiy yuridik negiz sifatida xizmat qiladi. Har qanday qonun, qonun hujjatlari yoki boshqa harakatlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalariga zid bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida Konstitutsiyaning so'zsiz ustivor ekanligi aytilgan. Unda inson huquqlari va erkinliklari eng oliy qadriyat ekanligi, barcha davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari o'z kundalik faoliyatlarida unga so'zsiz amal qilishlari shart ekanligi, inson huquqlariga oid xalqaro huquqiy hujjatlar (ayniqsa, «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida»gi xalqaro Pakt va boshqalar) O'zbekiston Respublikasining huquq tizimi tarkibiga kirishligi qayd etilgan. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega bo'lgan akt sifatida mehnat huquqi manbalari shakllantirilishi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.55 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.55 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: doc