Mehnat intizomi va uni mustahkamlash usullari

Mehnat intizomi va uni mustahkamlash usullari

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat intizomi va uni mustahkamlash usullari - rasmi

Material tavsifi

mehnat intizomi va uni mustahkamlash usullari Reja: mehnat intizomi va uning ahamiyati. mehnat intizomi haqidagi qonun hujjatlari. mehnat intizomini mustahkamlash usullari. mehnat intizomi tushunchasi. Intizomni mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlar, ichki mehnat tartibi qoidalari, yutuklar uchun ragbatlantirish, intizomiy jazo, uning turlari. Bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonida tartib-intizomning ahamiyati juda muhimdir. Chunki, erkin rakobatchilik xar bir ishlab chikaruvchidan, xar bir tadbirkordan kamrok mehnat va mablag sarflagan holda kuprok natijaga erishishni, aniq-ravshan maqsadni kuzlab harakat qilishni talab etadi. Shu tufayli mehnat intizomiga oid qoidalar ish beruvchilar bilan ishlovchi xodimlar o'rtasida tuziladigan shartnomalarning yetakchi shartlarini tashkil etadi. mehnat intizomi deganda, avvalo korxona, muassasa, tashkilotda urnatilgan tartib-qoidalar tushuniladi. Bu tartib-qoidalar ishni tashkil etish va muayyan mehnat operatsiyalarini amalga oshirishni xam, asbob-uskuna va boshqa jihozlar bilan qanday munosabatda bo'lishni xam, ish vaqti rejimiga rioya qilishni xam, mehnat muhofazasiga oid talablarni bajarishning xam, xullas, ish jarayonidagi barcha harakatlarni o'z ichiga oladi. mehnat intizomiga taallukli qoidalar O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida, maxsus nizomlarda, korxonada tuzilgan jamoa shartnomasida, Ichki mehnat taribi qoidalarida, ayrim ishlarni bajarish yuriknomalarida va boshqa lokal hujjatlarda bayon etiladi. mehnat intizomi xar bir ishchi va xizmatchi faoliyatining asosiy mezonidir. mehnat intizomiga kati amal qiluvchi, uzining ishlab chiqarish topshiriqlarini yaxshi bajaruvchi xodimlar maktovga, moddiy va ma'naviy ragbatga sazovor bulsa, intizomsiz xodimlar faoliyati koralanmogi va o'z jazosini olmogi lozim. Korxona ma'muriyati - tadbirkor ishga yangi kabul qilingan xar bir xodimni ishga kuyishdan avval korxonadagi ichki tartib-qoidalar bilan, unga yuklatilgan vazifalar, uning asosiy burchlari bilan atroflicha tanishtirmogi lozim. mehnat kodeksining 174 moddasida korxonaning Ichki mehnat tartibi haqida ma'lumotlar beriladi. Korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushma qo'mitasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiklaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Korxonada mehnat qilayotgan xar bir xodim o'z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining farmoyishlarini o'z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart. Xodimning mehnat vazifalari ichki mehnat tartibi qoidalarida, intizom tugrsidagi nizomlarda, korxonada kabul qilingan lokal hujjatlarida (jamoa shartnomasi, yuriknoma va bosh), mehnat shartnomasida aniq belgilab kuyiladi. Ish beruvchi esa xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonun hujjatlarida, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta'minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga etibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, jamoa shartnomalarini tuzishi shart. Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodimlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.95 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.95 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga