Mehnat ishlari bo'yicha isbotlash va dalillar Sudlar tomonidan mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar yuzasidan chiqarilayotgan hal qiluv qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli bo'lishining eng muhim shartlaridan biri ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarning to'liq aniqlanishi va ushbu holatlarning isbotlanishidir. Mazkur shartlarni to'g'ri bajarmay turib, nizoli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi mehnat huquqi normalarini to'g'ri qo'llash mumkin bo'lmaydi. Bizga ma'lumki, sudya arz qilingan talablarning xususiyatidan kelib chiqib, har bir fuqarolik ishi bo'yicha dalillar doirasini belgilaydi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarni hal etish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dalillar asosan ishni sudda ko'rishga tayyorlash bosqichida aniqlanishi va ularni o'z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishi ta'minlanishi lozim bo'ladi. Sudlar tomonidan mehnatga oid huquqiy munosalatlardan kelib chiqayotgan ishlar yuzasidan chiqarilayotgan hal qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli bo'lishining eng muhim shartlaridan biri ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarning to'liq va ushbu holatlarning isbotlanishidir. Mazkur shartlarni to'liq bajarmay turib, nizoli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi mehnat huquqi normalarini to'g'ri qo'llash mumkin bo'lmaydi. Bizga ma'lumki, sudya arz qilingan talablarning xususiyatidan kelib chiqib, har bir fuqarolik ishi bo'yicha dalillar doirasini belgilaydi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarni hal etish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dalillar asosan ishni sudda ko'rishga tayyorlash bosqichida aniqlanishi va ularni o'z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishi ta'minlanishi lozim bo'ladi. Aynan, fuqarolik ishlarini sudda ko'rishga tayyorlash vazifalaridan biri ham sudlarning ishni hal etish uchun zarur bo'lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o'z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta'minlashdan iboratdir. Mehnat ishlari bo'yicha taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan dalillarning daxldorligi masalasini hal qilar ekan, sudya ushbu shaxslarga aynan qaysi holat mazkur dalillar bilan isbotlanishi mumkinligini ko'rsatishlarini taklif qiladi. Ish yuzasidan u yoki bu dalilning taqdim etilishi xodim bilan tuzilgan mehnat sharotnomasini bekor qilish asoslariga ko'proq bog'liq bo'ladi. Binobarin, shtatlar qisqarganligi munosabati mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi ishlarda ishni hal etish uchun zarur bo'lgan dalillar sifatida shtatlar jadvali e'tirof etiladi. Shu o'rinda aytish joizki, mehnat shartnomasini MKning 100-moddasi 2-qismi 1-bandi bilan bekor qilish uchun faqat xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi asos bo'lavermaydi. Demak, mazkur turkumga oid bo'lgan ishlarni sudda mazmunan ko'rib hal qilish uchun zarur bo'lgan dalil sifatida har doim ham shtatlar jadvali e'tirof etilmaydi. Xususan, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlarni isbotlash uchun sud ish beruvchidan korxonaning shtatlar jadvalini talab qilish maqsadga muvofiq emas. O'z mehnat vazifasini bir marta qo'pol ravishda buzganligi tufayli mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.17 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.17 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc