Mehnat ishlari bo'yicha kelishuv bitimi

Mehnat ishlari bo'yicha kelishuv bitimi

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat ishlari bo'yicha kelishuv bitimi - rasmi

Material tavsifi

Mehnat ishlari bo'yicha kelishuv bitimi Reja: Mehnat ishlari bo'yicha kelishuv bitimi Fuqarolik protsessi nazariyasida ko'p vaqt kelishuv bitimi Odatda, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlar hal qiluv qarori chiqarilishi bilan yakunlanadi. Lekin fuqarolik protsessual qonunchiligi mazkur turkumdagi ishlar yuzasidan taraflar o'rtasida kelishuv bitimi tuzish yo'li bilan ish yuritishni tugatishni ham nazarda tutadi. Sudda raislik qiluvchi mehnatga oid ishlarning sud majlisida ko'rilishidan avval yoki sud majlisi boshlanishida yohud davom etishida har safar taraflardan nizoning o'zaro kelishuv bitimi tuzish yo'li bilan tamomlashni istash-istamasliklarini so'raydi (FPKning 159-moddasi 3-bandida hamda 179-moddalari). Darhaqiqat, FPKning 40-moddasiga ko'ra, mehnat ishlari bo'yicha taraflar protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli ekanligi o'z ifodasini topgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo'llanilishi haqidagi 1998 yil 17 aprel qarorida ham quyi sudlarga taraflar o'rtasida qonunga zid bo'lmagan, uchinchi bir shaxslarning qonuniy manfaatlariga ta'sir qilmaydigan kelishuv bitimlarini tuzilishi yuzasidan tashabbus ko'rsatishlari, ishni kelishuv bitimi bilan tugatishning oqibatlari yuzasidan taraflarga tushuntirish berishlari lozimligi to'g'risida ko'rsatmalar beriladi. Huquqiy adabiyotlarda kelishuv bitimining ahamiyati haqida gapirilib, kelishuv bitimining tuzilishi, ba'zi hollarda arzimagan ish (nizo, da'vo) bo'yicha ko'pgina fuqarolarni ishdan qolib, sud idoralariga kelishdan ozod qilishligi yuzasidan fikrlar bildiriladi. Bizning fikrimizcha ham, taraflarning huquqiy munosabatlarida hech narsani o'zgartirmaydigan kelishuv bitimi shunisi bilan muhimki, huquq va manfaatlar borasida nizoning mavjud bo'lmasligiga taraflar o'zlarining sa'y-harakatlari bilan sudning ko'magi orqali erishadilar. Shuningdek, taraflarning o'zaro huquq va manfaatlari borasida ixtiyoriy ravishda kelishuvga erishishlari fuqarolik protsessining tarbiyaviy ahamiyatini samarali ta'sir ko'rsatishidan dalolatdir. Fuqarolik protsessi nazariyasida ko'p vaqt kelishuv bitimi deganda taraflar tomonidan tuzilgan va sud tomonidan tasdiqlangan shartnoma nazarda tutilib, da'vogar va javobgar o'zaro murosaga kelishish yo'li bilan o'zlarining fuqarolik huquq va manfaatlarini yangidan belgilab olishlari va ushbu asosda nizoni bartaraf etishlari tushunilgan. Shu o'rinda R.YE.Gukasyan protsessual ma'nodagi o'zaro murosaga kelish (da'vodan qisman voz kechish va da'voni qisman tan olish) kelishuv bitimining majburiy belgisi emasligini, kelishuv bitimi to'g'risidagi sud ajrimi moddiy huquqdagi o'zaro murosaga kelish kabi belginigina qamrab olmasligi kerakligini ta'kidlaydi. Bizning fikrimizcha, kelishuv bitimi-taraflarning sud hal qiluv qarori chiqarilmasidan nizoni o'zaro hal qilishlari to'g'risidagi kelishuvidir. Kelishuv bitimi nizoli moddiy-huquqiy munosabat mazmunini o'zgartirmasdan, taraflarning o'z xohishlari asosida tuzilishi mumkin. Bunday harakatlar ayrim mualliflarning ta'kidlashicha, har qanday holatda ham sud hal qiluv qarorini chiqarish orqali nizoni hal qilishdan voz kechish deb e'tirof etiladi. Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi o'zining o'zgarmasligi bilan tavsiflanadi, ya'ni ushbu ajrim ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat va protest keltirilmaydi; ayni ushbu da'vo talabi bilan ayni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.82 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.82 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga