Mehnat ishlari bo'yicha sudda vakillik

Mehnat ishlari bo'yicha sudda vakillik

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat ishlari bo'yicha sudda vakillik - rasmi

Material tavsifi

mehnat ishlari bo'yicha sudda vakillik Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko'rilishida vakillarning ishtiroki o'zining maqsadi va vazifalari bilan vakillikning boshqa turlaridan ajralib turadi. Sudda ishlarni vakillar orqali yuritish shaxslarning sud himoyasiga bo'lgan huquqini ta'minlash usullaridan biri bo'lib ko'riladi. Mehnat ishlari bo'yicha sudda vakillik qilishning ahamiyati xodimlar va ish beruvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga malakali huquqiy yordam ko'rsatish, xolisona haqiqatni aniqlash, ish yuzasidan to'g'ri qaror qabul qilishda sudlarga ko'maklashishdan iboratdir. Mehnat ishlari bo'yicha tashkilotlar ishlarni o'z rahbari yoki vakillari orqali yuritadilar (FPKning 50-moddasi). Korxona rahbarining vakolatlari va ularni rasmiylashtirish korxona manfaatlarini himoya qiluvchi boshqa shaxslar vakolatlaridan farq qiladi. Uning organlari tomonidan amalga oshiriladigan korxonaning vakolatlari hajmi korxona faoliyatini tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilab qo'yiladi. tashkilot rahbarlarining sudga o'z xizmat lavozimlari yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etishlari, ular vakolatining rasmiylashtirilishiga asos bo'ladi (FPKning 53-moddasi). Ish beruvchi huquq va manfaatlarini himoya qilib, ish beruvchining vakili sifatida sud amaliyotida ko'pincha tegishli organ rahbarining o'rinbosari, korxonaning yurist-maslahatchisi, kadrlar bo'limining boshlig'i ishtirok etmoqda. Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarlarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan vakolatnoma bo'yicha ish yuritadilar. tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi. Advokatlar shartnoma bo'yicha vakillikni amalga oshirar ekanlar, ularning vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan butunlay yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o'zgartirish, miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish, da'vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimini tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish, sud hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan shikoyat berish, ijro varaqasini undiruvga qaratish to'g'risida har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan topshirilgan vakolatnomada maxsus izoh berilishi kerak (FPKning 54-moddasi). Xodimlar mehnat ishlarini sudda shaxsan yoki o'z vakillari orqali yuritishlari mumkin. Vakil sifatida ularning qonuniy vakili, advokatlar, ular tomonidan tanlangan shaxslar yoki sherik da'vogar sifatida ishtirok etayotgan xodim ikkinchi sherigining topshirig'iga ko'ra ishtirok eta oladi. Mehnatga oid nizoli ishlarda xodimning vakili sifatida xodim ishlayotgan korxonaning kasaba uyushmasi qo'mitasi ishtirok etishi mazkur turkumdagi ishlarning o'ziga xos protsessual xususiyatlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi MKning 20-moddasiga muvofiq, kasaba uyushmalari, ularning korxonadagi saylab qo'yiladigan organlari, xodimlar tomonidan saylab qo'yiladigan organlari, ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning subyektlari sifatida qatnasha oladilar. Xodimning vakillik organi bo'lmish kasaba uyushmalari mehnat nizolarini ko'ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish huquqiga ega bo'lib, ushbu huquqni o'z vakillari orqali bajaradilar. Kasaba uyushmasi qo'mitasining umumiy majlisida xodimning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun saylangan vakil qo'mita raisi tomonidan berilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.03 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.03 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga