Mehnat ishlarini sudda qo'zg'atishning o'ziga xos xususiyatlari Fuqarolik protsessual qonunchilik har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli ekanligini nazarda tutadi (FPKninig 1-moddasi). Lekin shu bilan birgalikda, manfaatdor shaxslarning sudlarga qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda da'vo qo'zg'atish majburiyatini ham yuklaydi. Mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar yuzasidan sudga murojaat qilish bo'yicha subyektiv huquqlarni amalga oshirish bir qator shartlarga asoslangan bo'lib, ushbu shartlardan biri qonunda belgilangan muddatlarda sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilishdan iboratdir. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlar yuzasidan da'vo muddatining joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. O'z navbatida, ishga tiklash haqidagi ishlar uchun da'vo muddatining joriy etilishi yuzasidan bildirilgan salbiy fikrlarga qo'shilmagan holda, biz da'vo muddatining joriy etilishining asosli va maqdsadga muvofiq ekanligini quyidagilar bilan asoslaymiz: birinchidan, mehnat shartnomasini bekor qilishdan kelib chiqadigan ishlar mehnatga oid nizoli ishlar orasida ko'pchilikni tashkil etadi. Ikkinchidan, mazkur ish yuzasidan chiqarilgan sud hal qiluv qarorlari ishdan bo'shatilgan xodimlar o'rniga ishga qabul qilingan boshqa xodimlar manfaatlariga ham ta'sir qiladi. Xususan, ishdan bo'shatilgan xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi mehnat munosabatlarining ma'lum bir muddat ichida barham topmasligi ish beruvchi uchun ham, shuningdek uning bilan mehnat munosabatlariga kirishgan boshqa xodimlar uchun ham qator muammolarni yuzaga keltirishi va mehnatga oid huquqiy munosabatlarida beqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun ham MKning 270-moddasiga muvofiq, mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha quyidagi muddatlar belgilangan: -ishga tiklash nizolari bo'yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy; -xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to'lash haqidagi nizolar bo'yicha zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma'lum bo'lgan kundan boshlab bir yil; -boshqa mehnat nizolari bo'yicha-xodim o'z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab uch oy. Da'vo muddatlari mehnatga oid barcha nizoli ishlar uchun ham qo'llanilmaydi. Xususan, MKning 270-moddasiga ko'ra, mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan o'z mehnat vazifalarini bajarayotgan xodimning sog'lig'iga shikast yetkazish oqibatidagi zararni yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni ish beruvchidan undirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha da'vo muddatlari joriy etilmaydi. Shuningdek, da'vo muddatlari joriy etilmaydigan da'vo talablari qatoriga mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'naviy zararni undirish haqidagi talablarni ko'rsatishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 163-moddasida da'vo muddati joriy qilinmaydigan talablar ro'yhati ko'rsatilgan bo'lib, ushbu ro'yxatlar jumlasida shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablar ham nazarda tutilgan. Ma'naviy zararni qoplash nomoddiy boyliklarni va nomulkiy huquqlarni himoya qilishning birdan-bir manbai hisoblanishi bois, Fuqarolik Kodeksining 163-moddasi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.11 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.11 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc