mehnat muhofazasi va uni huquqiy tartibga solish reja: 1. Mehnat muhofazasi tushunchasi va uni ta'minlashning huquqiy vositalari 2. Mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi yuzasidan xodimlar hamda ish beruvchilarning huquq va majburiyatlari 3. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini muhofazalashga taalluqli maxsus qoidalar.Xotin-qizlar mehnatini muhofazalash 4. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olib borish Qulay mehnat sharoitida ishlash huquqi - fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqlaridandir. Ushbu huquqlarni amalda ta'minlash mehnat muhofazasiga oid qonun hujjatlari talablarini og'ishmay bajarish yo'li bilan ro'yobga chiqarilishi mumkin. Mehnat muhofazasi tegishli qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonida xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat. Mehnat huquqida mehnat muhofazasi atamasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda bu atama mehnatini qo'llashga oid barcha masalalar majmuini o'z ichiga oladigan va mehnat huquqining turli bo'limlari (mehnat shartnomasi, ish va dam olish vaqti va boshqalar)ga taalluqli huquq normalari yig'indisi tushuniladi. Bular jumlasiga ishga qabul qilishdan asossiz bosh tortishni taqiqlovchi, xodimlarni ishdan bo'shatish va boshqa ishga o'tkazishni cheklovchi, ish vaqti chegaralarini belgilovchi hamda boshqa ko'plab qulay mehnat sharoitlari yaratilishiga qaratilgan yo'nalishlar kiradi. Tor ma'noda esa mehnat muhofazasi atamasi xodimlar uchun xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarish uchastkalarida texnikaviy, sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta'minlash maqsadida belgilangan standartlar va normativlarning ishlab chiqilishi va ularga amal qilishni ta'minlashga oid iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlardan iborat bo'ladi. Mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasini ham o'z ichiga oladi. Texnika xavfsizligi deganda ishlab chiqarishni zararli omillari ta'sirini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi nazarda tutiladi. Ishlab chiqarish sanitariyasi deganda, ishlab chiqarishning zararli ta'sirlarining oldini olishga yoki ularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi tushuniladi. Mehnat muhofazasiga oid qonunlar mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha korxona va tashkilotlarga, kooperativlar, dehqon-fermer xo'jaliklarida yollanib ishlayotgan yoki a'zo bo'lgan holda mehnat qilayotgan barcha fuqarolarga, ishlab chiqarish amaliyoti davrida korxonalarga jalb etilgan o'quvchilar va talabalarga, korxonadagi ishlarga jalb etilgan harbiy xizmatchilarga, muqobil xizmatni o'tayotgan shaxslarga, shuningdek davlat va jamiyat manfaatlarini ko'zlab amalga oshiriladigan boshqa ishlarga jalb etilgan barcha fuqarolar mehnatini muhofazalashga nisbatan tadbiq etiladi. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni 4-moddasida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati asoslari bayon etilgan bo'lib, korxonaning ishlab chiqarish natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog'ligi ustuvorligi bu siyosatning bosh qoidalaridan birini tashkil etadi. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy manbai O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
116.48 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
116.48 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc