Mehnat munosabatlarining subyektlari

Mehnat munosabatlarining subyektlari

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat munosabatlarining subyektlari - rasmi

Material tavsifi

mehnat munosabatlarining subyektlari Reja: 1. mehnatga oid munosabatlar tushunchasi. 2. mehnatga oid munosabatlar sebektlari. 3. mehnatga oid munosabatlar klassifikatsiyasi. mehnat munosabatlari, uning ishtirokchilari, huquq layokati, muomala layokati, subyektlarning huquqiy statusi, subyektiv huquq va majburiyatlari. Yuridik adabiyotlarda etirof etilishicha, huquqiy munosabatlar sebektlari, huquqiy normalar tufayli muayyan munosabatlar ishtirokchisi- subyekti huquq va yuridik majburiyatlar egasi bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslardir. Demak, mehnat huquqining subyektlari deganda, mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchisi va doimiy mehnat huquq va majburiyatlariga ega bo'lgan hamda ularni amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxslarni anglamok lozim. Malumki, xar bir huquq sohasining mehnatga oid huquqiy layokat va muomala layokatiga ega bo'lgan o'ziga xos subyektlar mavjud. mehnatga oid huquqiy layokat deganda, mehnat qonunchiligi normalariga binoan subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bula olish qobiliyati tushuniladi. mehnatga oid huquqiy muomala layokati tushunchasi negizida qonunchilikka muvofik huquq va majburiyatlarni muayyan xatti - harakatlar orqali amalga oshirish qobiliyati imkoniyati tushunchasi yotadi. mehnat qonunchiligiga ko'ra umumiy huquqiy layokat va huquqiy muomala layokati bir vaqtda, yani fuqaro 16 yoshga tulgan vaqtda vujudga keladi va ayni shu jihati bilan fuqarolik huquqiy layokat va muomila layokatidan farq qiladi. fuqarolik qonunchiligida huquqiy layokat esa shaxs 18 yoshga tulgandagina paydo bo'lishi belgilab qo'yilgan. mehnat qonunchiligiga muvofik, mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan xodimlar, ish beruvchilar, mehnat jamoasi hamda xodimlar va ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Bu subyektlarning xar biri o'ziga xos xususiyatga, yani huquqiy «status»ga ega. Status jismoniy va yuridik shaxsning huquqiy holati demakdir. subyektlarning huquqiy statusi deganda, mehnat qonunchiligida mustahkamlab qo'yilgan uning subyektiv sifatidagi huquqiy holati tushuniladi. subyektlarning huquqiy statusi tushunchasi quyidagi jihatlarini kamrab oladi: a) mehnatga oid huquqiy layokat va huquqiy muomala layokatini (huquqiy subyektlik); b) qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarni; v) huquq va majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan kafolatlarini; g) unga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi uchun javobgarlikni (delektiv javobgarlik). Malumki, mehnatga oid huquqiy subyektlik holati subyektlarining qonunchilikda belgilangan o'ziga xos jihati sifatida, muayyan shartlar mavjud bo'lganda, mehnat sohasida aniq ijtimoiy munosabatlarning subyekti bo'lishiga kodirligini kursatadi. Shu bilan birga, uning zimmasiga muayyan huquq va majburiyatlar yuklanadi. Bundan tashqari, mehnatga oid huquqiy subyektlik holati subyektlarning, yani xodim, ish beruvchi, mehnat jamoasi hamda vakillik organlarining aniq ijtimoiy munosabatlarining mazmunini tashkil etuvchi subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo'lish layokatini xam ifodalaydi. subyektiv huquq va majburiyatlar mehnat huquqi subyektlarining asosiy uzagini tashkil etadi va doimo qonunlar mazmunidan kelib chikadi. Bunday huquq va majburiyatlar mazmuni, odatda, tegishli huquqiy statut bilan belgilanadi. Ana shu statuslar asosida belgilangan mehnat huquqlari va majburiyatlari barcha xodimlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.04 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.04 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga