Mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 26-mavzu Mehnat nizolari - xodimlar bilan ish beruvchilar o'rtasida mehnat qonun hujjatlarining qo'llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Mehnat nizolarini yakka va jamoa nizolariga ajratsa bo'ladi. Yakka nizolarda muayyan xodim huquqlari, uning qonuniy manfaatlari talashiladi va himoya qilinadi. Buzilgan mehnat huquqini tiklash yoki himoya qilish maqsadida mehnat nizosi bo'yicha ish qo'zg'atgan shaxs da'vogar hisoblanadi. Javobgar - da'vo bo'yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs. Mehnat nizolarini ko'rib chiquvchi komissiyalar Barcha yakka nizolar avval mehnat nizolari komissiyalari (MNK) bilan kasaba uyushmasi qo'mitasining qo'shma yig'ilishida ko'rib chiqiladi. Agar MNK qarori kelishmovchiliklarni bartaraf etmasa, unda qaror ustidan sudga shikoyat qilinadi. Mehnat nizolarini ko'rib chiqish tartibi Ish beruvchi bilan korxona mehnat jamoasi o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, taraflar o'z vakillaridan komissiyani shakllantiradi, bunda kelishuvga erishilmaganda ishni sudga oshiradilar. Yakka mehnat nizolarini kо'rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi, mehnat nizolari bo'yicha ishlarni kо'rib chiqish tartibi - tuman (shahar) sudlarida amalga oshiriladi va Fuqarolik protsessual kodeksi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida xodimlarning mehnat huquqlarini buzganlik uchun ish beruvchi va korxonaning mansabdor shaxslarida javobgarlik bo'lishi nazarda tutilgan. Ish beruvchiga xodimga zarar yetkazilgani uchun faqat moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Korxonaning mansabdor shaxslari intizomiy, moddiy, ma'muriy, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Mehnat nizolari komissiyasi ishtirokchilarining vazifalari Komissiya raisi: - majlisni boshqaradi; - ish mohiyatini ma'lum qiladi; - da'vogar va javobgardan ishga doir qo'shimcha vaziyatlarni aniqlaydi; - guvohlarni so'roq qiladi; - mehnat qonunlari hamda taraflar fikrini hisobga olib qaror qabul qiladi. Kotib: - majlis bayonnomasini yuritadi; - mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar kelgan-kelmaganligini tekshiradi. Da'vogar: - nizo mohiyatiga doir ko'rsatmalar beradi; - buzilgan mehnat huquqini tiklash bo'yicha talablar qo'yadi. Javobgar (ish beruychining vakili): - haqiqat qaror topishiga to'sqinlik qilmaslikka majbur; - nizo mohiyatini va kelib chiqqan nizoni qonuniy hal etishga doir o'z nuqtayi nazarini bayon qiladi. Savol va topshiriqlar: 1. Mehnat shartnomasi qancha muddatga tuzilishi mumkin? 2. Qaysi yoshdan ishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi? 3. Xodimga mehnat daftarchasi qachon ochilishi kerak? 4. Ishga qabul qilish to'g'risida buyruq chiqarish uchun nima asos bo'ladi? 5. Xodim o'zining ishdan bo'shashi to'g'risida ma'muriyatni necha kun oldin ogohlantirishi kerak? 6. Mehnat shartnomasi qaysi hollarda bekor qilinishi mumkin? 7. Ishdan bo'shagan xodimga mehnat daftarchasi va buyruqning ko'chirma nusxasi qachon beriladi? ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: pptx