Mehnat nizolari va ularni xal etish yo'llari

Mehnat nizolari va ularni xal etish yo'llari

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat nizolari va ularni xal etish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

mehnat nizolari va ularni xal etish yo'llari Reja: 1. mehnat nizolari haqida tushuncha. 2. mehnat nizolarini ko'rish va xal etish tartibi. 3. mehnat nizolarini keltirib chikaradigan holatlar va ularni oldini olish. iqtisodiy munosabatlar va qonunchilik, ishlab chiqarish va taksimlash, ishlab chiqarish va taqsimotda adolatli tizim urnatish, mehnat nizolari tushunchasi, nizolarni ko'rib chikuvchi organlar, mehnat nizolari komissiyasi, uning ish yuritish tartibi. Ijtimoiy hayotning xamma sohalarida qonunlar ustivorligini ta'minlash, unga barcha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, kati amal qilinishiga erishish, ijtimoiy adolat tantanasini karor toptirish bozor iqtisodining muhim shartlaridan hisoblanadi. iqtisodiy munosabatlarda, ayniqsa ishlab chiqarish bilan bog'liq munosabatlarda qonunchilikning urnatilishi katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Chunki ishlab chiqarish va taksimlashda odilona tamoyillarni urnatmasdan turib boshqa sohalarda xech qanday natijaga erishib bulmaydi. Bu sohada mehnat qonunchiligining ishlab chiqarishdagi nizolar va ularni xal etish masalalariga oid huquqiy normalari muhim ahamiyatga molikdir. mehnat nizolari deganda ishlovchi xodim bilan korxona, muassasa, tashkilot boshqaruvi o'rtasidagi o'zaro kelishmovchilik nazarda tutiladi. Uning mohiyati va mazmuni mehnat qonunlari, boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi, bitimlar, mehnat shartnomasi (kontraktni) qo'llash bilan uzviy bog'liqdir. mehnat nizolari mehnat shartnomalarini belgilash yoki uzgartirish masalalarini bir tomonlama, qonunga xilof ravishda uzgartirishga urinish tufayli kelib chikadi. ma'muriyat vakillarining amaldagi normativ hujjatlar talablarini bilmasliklari, mablaglarning isrof bo'lishi va korxonadagi ma'naviy muhitning asossiz yomonlashuvi oqibatida xam nizolar kelib chiqishi mumkin. mehnat nizolari, ularni kelib chikadigan holatlari, ularni oldini olish va xal etishga oid qoidalar O'zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi (1996 y)da, (XV bob), O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyati kafolatlari to'g'risida»gi qonunida, korxona, muassasa va tashkilotlarning uzlarida ishlab chikiladigan jamoa shartnomasi va boshqa mahalliy xarakterdagi normalarda belgilab kuyiladi. Kelishmovchiliklar vujudga kelgan holatlarda xodim manfaatini ifoda etuvchi taraf sifatida ularning vakillik organi ishtirok etishi mumkin. mehnat kodeksining 260 moddasiga ko'ra xodim mehnat nizosini xal qilish uchun o'z xoxishiga ko'ra, mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sud organiga murojaat etishga xaklidir. mehnat nizosi komissiyasida ko'rib chikilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini rad etishga yul kuyilmaydi (mk. 269m). Yakka mehnat nizolarini ko'rib chiqish mehnat kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. mehnat nizolariga doir ishlarni sudda ko'rib chiqish tartibi esa fuqarolik protsessual kodeksi talablari bilan tartibga solinadi. mehnat kodeksining 262 moddasiga ko'ra korxona va muassasalarda mehnat nizolari komissiyasini tuzish nazarda tutiladi. Bunday komissiya kelishuvchi tomonlarning o'zaro tenglik prinsipi asosida tuziladi. mehnat nizolari komissiyasining tarkibi hamda vakolat muddati vakillik organi karori va ish beruvchining buyrugi bilan tasdiklanadi. mehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko'rib chikadi. Bu komissiya kelib chikkan nizoli masala ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.06 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.06 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga