Mehnat nizolari

Mehnat nizolari

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat nizolari - rasmi

Material tavsifi

mehnat nizolari reja: 1. Mehnat nizolari tushunchasi va ularni to'g'ri hal etishning ahamiyati 2. Mehnat nizolari komissiyasi va uning vakolatlari 3- Yakka mehnat nizolarini sudda ko'rish 4. Ayrim toifadagi xodimlar mehnat nizolarini ko'rib hal etish Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xodimlar mehnat huquqlarini samarali himoya qilish, ayrim ish beruvchilar tomonidan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan o'zboshimchaliklar, qonun buzarliklarni bartaraf etish, shu jumladan bazi xodimlarning o'z huquqlarini suistemol qilishlariga yo'l qo'ymaslik mehnat munosabatlarida qonunchilik va adolatni ta'minlashning muhim shartidir. Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarida xodim va ish beruvchi huquqlari teng etirof etiladi, ularga bir xil iqtisodiy hamda huquqiy sharoit yaratib beriladi, shu orqali ular o'rtasida kelishtirib bo'lmaydigan ziddiyatlar yuz berishining oldi olinadi. Ammo taraqqiyot dialektikasi va hayot qonunlariga ko'ra xodim bilan ish beruvchi o'rtasida turli ixtiloflar yuz berishi uchun har doim sabablar etarli bo'ladi hamda mehnat qonunchiligining vazifalaridan biri ushbu ixtiloflar yuz berishi shart-sharoitlarini bartaraf eta borish, yuz berganda esa ularni adolat va qonunchilik tamoyillariga qatiy amal qilgan holda hal etilishini ta'minlashdan iborat. Korxonalarda xodim va ish beruvchi o'rtasida mehnat nizosi yuz berishiga bir qator obyektiv hamda subyektiv omillar sabab bo'ladi. obyektiv omillar qatoriga huquqiy ong va huquqiy madaniyatning etarli emasligi, ishlab chiqarishni tashkil etishda yo'l qo'yiladigan kamchiliklar, mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar mafaatlari o'rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishi va boshqalar kiradi. Ayrim xodim va ish beruvchining o'z huquqlarini suiistemol qilishi, korxona mehnat jamoasida nosog'lom ma'naviy-psixologik muhitning yuzaga kelishi kabi holatlar mehnat nizolari yuz berishining subyektiv omillari bo'lishi mumkin. Mehnat sohasida xodim va ish beruvchi o'rtasidagi yakka mehnat ixtiloflari, qoidaga ko'ra, har ikki tarafning muzoqaralari, o'zaro kelishuvlari orqali tinch yo'l bilan hal etilishi lozim. Ammo bunday kelishmovchiliklar tinch yo'l bilan hal etilmasa, u holda mehnat nizosi qonunda belgilangan tartibda maxsus organlar tomonidan ko'rib chiqilishi va hal etilishi lozim bo'ladi. Yakka mehnat nizolari deganda ish beruvchi va xodim o'rtasida mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo'llash yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 260-moddasiga ko'ra yakka mehnat nizolari: mehnat nizolarini ko'rish komissiyalari tomonidan; tuman, shahar sudlari tomonidan ko'rib chiqiladi, shuningdek, ayrim toifadagi davlat xizmatchilarining mehnat nizolari bo'ysunish tartibida yuqori turuvchi organlar tomonidan ko'rilishi mumkin (276-moddasi); xodim yangi mehnat sharoitlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o'zgartirishga doir mehnat nizolarini ish beruvchi yoki kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan hal qilinadi (MKning 280-moddasi). Xodim mehnat nizosini hal etishni so'rab mehnat nizolarini ko'rish komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqli bo'lib, nizo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.4 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.4 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga