Mehnat nizolarini oldini olish bo'yicha sudlarning faoliyati Mehnat nizolarini oldini olish bo'yicha sudlarning faoliyati O'zbekiston mustaqillikka erishib, o'ziga xos va mos taraqqiyot yo'lini tanlab oldi. Bu yo'l bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatini qurish, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iboratdir. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida, Inson huquqlari to'g'risida xalqaro bitimlarda o'z ifodasini topgan har bir insonning mehnat qilish, ishni o'z erki bilan tanlab olish, mehnatning adolatli va qulay sharoitlari bo'lishi, ishsizlikdan muhofaza etilish huquqi O'zbekiston Respublikasining 1992 yil qabul qilingan Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yildi. Xodimlarni ishdan bo'shatish faqat qonunda ko'rsatilgan tartibdagina amalga oshirilishi mumkinligi ham fuqarolarning mehnat qilish huquqining eng muhim kafolatidir. Ushbu tartibning buzilishi esa o'z navbatida xodimning mehnat qilish huquqini paymol etish deb baholanib, xodimning ushbu huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyati kengaytirildi. Xususan, Konstitutsiyamizning 44-moddasiga muvofiq, har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlangan. Shunday ekan, hozirgi bozor munosabatlari davrida sudlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri mehnat qonunchiligini to'g'ri tadbiq etish, mehnat nizolarini sifatli va o'z vaqtida ko'rib hal qilish, mehnatga oid huquqiy munosabatlar doirasida inson huquqlarini ta'minlash va ularning buzilishini oldini olishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov o'zlarining qator asarlarida fuqarolarning qonuniy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sudlarning va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining faoliyatida asosiy mazmunga aylanmog'i kerakligini alohida ta'kidlab o'tadi. Darhaqiqat, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, fuqarolarning huquqiy madaniyatining o'sishi, ularning buzilgan huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishning rivojlanishi va kengayishiga olib kelmoqda. Jumladan, 1997 yilda sudlarga 42.400 ta, 1998 yilda 43.400 ta da'vo arizalari kelib tushgan bo'lsa, 2001 yilga kelib fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga 90.607 ta, 2002 yilning 9 oyida esa 88456 tani tashkil etgan. Sudlarda ko'rib hal etilayotgan fuqarolik ishlari ichida mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar ko'pchilikni tashkil etishini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ishga tiklash haqidagi ishlar bo'yicha kelib tushgan da'vo arizalari 199 yilda 865 ta, 200 yilda esa 890 tani tashkil etgan. Shuningdek, mehnat vazifasini bajarishda xodimlar tomonidan yetkazilgan mulkiy zararni undirish to'g'risidagi ishlar 2001 yilda 5457 ta, 2002 yilning 9 oyida esa ja'mi 3489 tani tashkil etgan. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, fuqarolarimiz ongida sud idoralari inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish usuli sifatida shakllanib bormoqda. Aytish joizki, sudlarga murojaat qilayotgan shaxslar da'vo talablarining asosiy qismi qanoatlantirilmoqda. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2001 yilda ja'mi davol ishlar bo'yicha sudlar tomonidan ko'rib hal qiluv qarori chiqarilganishlar Respublika bo'yicha 90607 tani tashkil etgan bo'lsa, shulardan 85346 tasi, ya'ni 94,2 foizi yuzasidan da'volar qanoatlantirilgan. 2002 yilning 9 oyida hal ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.11 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.11 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc