mehnat nizolarining taallukliligi va sudlovligi mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chikadigan nizoli ishlarning to'g'ri va o'z vaqtida ko'rib chiqilishi hamda xal qilinishi xodimlar va mehnat jamoalarining mehnat huquqlarining samarali himoya qilinishiga, buzilgan huquq hamda qonuniy manfaatlarning tiklanishiga asos bo'ladi. Bu borada mehnat nizolarining qanday organlar tomonidan ko'rib chiqilishi masalasini to'g'ri xal etish muhim ahamiyatga egadir. Avvalo, fuqarolik ishlarining kaysi organlarda ko'rib chiqishga taallukliligini aniklab olaylik. Yuridik adabiyotlarda fuqarolik ishlarini ko'rish va xal qilish vazifasi qonun bilan muayyan davlat organi yoki jamoat tashkiloti zimmasiga yuklatilganligi taalluklilik deb ataladi. mehnat nizolarining taallukligiga ta'rif berish borasida huquqshunos olimlarning fikrida jiddiy qarama-qarshiliklar mavjud emas. Jumladan, K.N.Gusov va V.N.Tolkunovaning fikricha, taalluklilik-bu mehnat nizosining mazmuni va xususiyatiga karab, dastlab kaysi organda ko'rib xal qilinishi demakdir. I.O.Snigireva esa, mehnat nizolarining taallukligiga u yoki bu turdagi mehnat nizolarini ko'rib xal qiluvchi organlarining vakolatlari deb ta'rif beradi. Fikrimizcha, mehnat nizolarining taallukliligi deganda mehnat nizolari mazmuni bo'yicha kaysi organ tomonidan ko'rib xal qilinishi anglashiladi. mehnat nizolarining taallukliligi, yani ularning kaerda ko'rib chiqilishi lozimligi O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 269 va 276-moddalari hamda FPKning 31-moddalari bilan tartibga solinadi. Yakka tartibdagi mehnat nizolarida nizoning xususiyati va uni keltirib chikaruvchi huquqiy munosabat hamda nizolashuvchi shaxslarning tarkibi, ayrim xollarda esa nizoning predmeti taalluklilikni belgilovchi asosiy mezon sifatida etirof etiladi. K.N.Gusov va V.N.Tolkunovalar xam taalluklilikni belgilash uchun asoslar sifatida nizoning mazmuni va uni yuzaga keltiruvchi huquqiy munosabatlarni, shuningdek nizoning subyektlarini ko'rsatadilar. Bizning fikrimizcha, mehnat nizosining taallukliligini belgilashda, avvalo, nizoning kaysi turda ekanligini, yakka tartibdagi nizo bo'lsa, uning xususiyatini; mehnat qonunchiligini ko'llash yoki yangi mehnat shartlarini belgilash bo'yicha va yana kaysi huquqiy munosabatlardan kelib chikkanini xam etiborga olish maqsadga muvofikdir. Xususan, mehnatga oid huquqiy munosabatlar bilan bog'lik bo'lgan, ammo boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chikadigan mehnat ishlarining taallukligini belgilash shular jumlasidandir. Masalan, ishga joylashtirish, ishga kabul qilishni rad etish bilan bog'lik mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyasida ko'rish uchun taallukli bo'lmaydi. Shuningdek, mazkur komissiya nafaqa to'lash bilan bog'lik mehnat nizolarini xam ko'rib, xal qilish vakolatiga ega emas. Shuning uchun xam mehnat nizolarining yuqoridagi xususiyatlariga alohida etibor berishlik talab etiladi, aks holda mehnat ishlarining taallukliligi noto'g'ri belgilanishi hamda ish ko'rishga vakolatli bo'lmagan organ tomonidan chikarilgan karor bekor qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va karorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko'rish amaliyoti to'g'risidagi 1998 yil 11 sentyabrdagi 18-sonli karorining 6-bandiga muvofik, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, uy-joy qurilish kooperativlari, aksiyadorlik jamiyatlari, kasaba uyushmasi tashkilotlari va shu kabilarning umumiy majlislari hamda ularning boshqaruv organlari va mansabdor ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.28 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.28 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc