Mehnat nizoli ishlar bo'yicha sud qarorlari va ularga qo'yilgan talablar

Mehnat nizoli ishlar bo'yicha sud qarorlari va ularga qo'yilgan talablar

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat nizoli ishlar bo'yicha sud qarorlari va ularga qo'yilgan talablar - rasmi

Material tavsifi

Mehnat nizoli ishlar bo'yicha sud qarorlari va ularga qo'yilgan talablar Reja: Mehnat nizoli ishlar bo'yicha sud qarorlari va ularga qo'yilgan talablar Ma'naviy va jismoniy azoblar darajasi Fuqarolik ishlarini mazmunan ko'rish va hal qilish yuzasidan sudning faoliyati sud hal qiluv qarorlarining chiqarilishi bilan yakunlanadi. Sudning hal qiluv qarori nizolashayotgan taraflarning shaxsiy huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishning muhim hujjatidir. Bu esa sudlarga hal qiluv qarorlarini qabul qilish masalasiga alohida mas'uliyat va etibor bilan yondoshish lozimligi majburiyatini yuklaydi. Qonunchilikda ham har bir ish bo'yicha sud hal qiluv qarorlari qonuniy, asosli va adolatli bo'lishi lozimligi qayd etiladi (FPKning 18-moddasi). Mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha sudlar tomonidan qabul qilinadigan hal qiluv qarorlari to'liq ravishda FPKning 203-207-moddalari talablariga javob berishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Sud hal qiluv qarori haqidagi 1998 yil 17 aprel qarorida hal qiluv qarorlarini qabul qilishda sudyalar ishlarni qonun asosida ishning holatigi muvofiq, sudyalarga chetdan ta'sir ko'rsatmaydigan sharoitda hal qilishlari lozimligi, FPKning 7-moddasidagi talablarga qat'iy rioya etishga majbur ekanliklari to'g'risida ko'rsatmalar berilgan. Huquqiy adabiyotlarda mehnat ishlari yuzasidan chiqariladigan hal qiluv qarorlarining mazmuniga alohida e'tibor berilishi kerakligi ta'kidlanadi. Ma'lumki, sud hal qiluv qarorlari kirish, bayon qilish, asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat bo'ladi. Mehnatga oid ishlar bo'yicha chiqariladigan sud hal qiluv qarorlarining kirish qismida hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt va joy, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, prokuror, agar ish ochiq yoki yopiq sud majlisida ko'riladigan bo'lsa, bu haqdagi ma'lumot, ko'rilayotgan ishning nomi, qanday korxona, tashkilot va muassasa tomonidan da'vo berilganligi (to'liq nomi bilan), agar da'vo prokuror yoki bo'ysunuv tartibidan yuqori turuvchi ish beruvchi tomonidan berilgan bo'lsa, qaysi yuridik shaxs manfaati ko'zlanganligi, da'vo arizada ko'rsatilgan yoki sud tomonidan jalb etilgan barcha javobgarlar (familiya, ismi va sharifi ko'rsatilgan holda), da'vosining summasi ko'rsatilishi kerak. Huquqiy adabiyotlarda sud hal qiluv qarorining bayon qilish qismida, agar nizo mehnat nizolarini ko'ruvchi komissiyada ko'rilsa, nizoning bu organlarda ko'rilishi natijalari ko'rsatilishi, agar korxonada bunday organlar bo'lmasa, ularning yo'qligi qarorda aks ettirilishi ta'kidlanadi. Agar ish FPKning 259-moddasiga binoan mansabdor shaxs jalb qilinib, ko'rilgan bo'lsa, bu to'g'rida qarorning barcha qismlarida yozilishi kerak. Jumladan, qarorning bayon qilish qismida uning bergan tushuntirishlari qisqacha ifodalanishi, asoslash qismida sudning qanday xulosalarga kelganligi, qaror qismida esa uning korxonaga to'lashi lozim bo'lgan zarar haqining miqdori aniq belgilab ko'rsatilishi kerak. Mehnat ishlari bo'yicha yetkazilgan zararni undirish to'g'risidagi sud hal qiluv qarorining bayon qilish qismida ish beruvchining talablari, da'voni nimalar bilan asoslayotganligi, da'vogarning fikricha, javobgar yoki bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga