8-sinf O'zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 30-mavzu Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari Mamlakatimiz Konstitutsiyasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga ega bo'lsa-da, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77- moddasiga binoan, ishga qabul qilishga o'n olti yoshdan ruxsat beriladi. O'n besh yoshga to'lgan bolalar ota-onasidan birining yoki ularning o'rnini bosuvchi odamning yozma ravishdagi roziligi bilan, tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ishga qabul qilinadi. Shunda ham bu ish ularning sog'lig'iga va axloq odobiga ziyon qilmaydigan, o'qishlariga xalaqit bermaydigan, yengil bo'lishi lozim. Voyaga yetmaganlarning mehnat faoliyatiga jalb qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarni mehnatga tayyorlash va ularni kasb tanlashlariga turtki bo'lishi lozimligini e'tiborga olish kerak. Mehnat qonunchiligiga ko'ra ish vaqti 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga haftasiga 36 soatdan, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar uchun haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda esa o'n sakkiz yoshga to'lmagan bolalar katta yoshdagilar bilan teng huquqda bo'ladilar. Ular ish vaqti, ta'tillar va boshqa mehnat shartlari bo'yicha ular uchun mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo'shimcha va imtiyozlardan foydalanadilar. Shuningdek, o'qishdan bo'sh vaqtlarida ishlayotgan o'quvchilarning ish vaqti muddati o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan bolalar ish vaqti eng ko'p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas. Bundan tashqari, ishni o'qishlari bilan birga olib borayotgan voyaga yet maganlarga ish beruvchilar zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak bo' ladi. Shu o'rinda, ham o'qib, ham mehnat qilishni xohlovchi voyaga yetmagan bolalarga mamlakatimizning mehnat qonunchiligida bir qancha imtiyozlar berilganligini aytib o'tish lozim. Bulardan, qo'shimcha ta'tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi kabilarni misol qilish mumkin. Agar umumta'lim maktablarida o'qiyotgan bolalar haftasiga olti kun ishlasalar, ularga o'quv yili davomida kamida o'ttiz olti ish kuni miqdorida ta'til berilishi kerak bo'ladi. O'quvchilar uchun ish haqi saqlangan holda kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlarini topshirish paytida yigirma ish kunidan kam bo'lmagan ta'til beriladi. Savol va topshiriqlar: 1. Mamlakatimiz qonunchiligiga asosan voyaga yetmagan bolalarni necha yoshdan ishga olish mumkin? 2. O'n besh yoshga to'lgan bolalar ishga qay tarzda joylashadilar? 3. Bolalarning qay sharoitlarda mehnat qilishlariga yo'l qo'yilmaydi 4. Mehnat qonunchiligiga asosan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga ish vaqti haftasiga necha soat, 14 dan 16 yoshgacha bolalarga necha soat qilib belgilanadi? 5. Ham o'qib, ham mehnat qiluvchi voyaga yetmaganlarga Qonunchiligimizda qanday imtiyozlar ko'zda tutilgan? 6. Bu imtiyozlar qay tarzda belgilanishi lozimligini tushuntiring. 7. O'zbekiston Respublikasi voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishni tartibga solish va bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash bo'yicha qanday xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilgan? ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.08 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.08 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: pptx