mehnat QONUNLARI IJROSI USTIDAN NAZORAT OLIB BORISh. mehnat qonunlarini buzganligi uchun javobgarlik reja: 1. Mehnat munosabatlarida qonunchilikni ta'minlash ustidan nazorat va uning turlari 2. Mehnat qonunlari bajarilishi ustidan nazorat olib boruvchi organlar va ularning vakolatlari 3. Mehnat qonunlari va mehnat muhofazasi qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik Qonun ustuvorligi - amalga oshirilayotgan islohotlarimizning bosh tamoyillaridan biri sanaladi. Kelajagi buyuk davlat barpo etish maqsadini o'z oldimizga qo'yar ekanmiz, ushbu buyuk davlatni qonun saltanati sifatida, insoniyat o'z taraqqiyotida qo'lga kiritgan demokratik va umuminsoniy qadriyatlar oliy nemat deb qaraladigan fuqarolik jamiyati sifatida ko'z oldimizda tasavvur etamiz. Tabiiyki, bunday davlatda va jamiyatda fuqarolar huquqlari poymol etilishi, insoniy manfaatlar oyoq osti qilinishiga aslo yo'l qo'yilmaydi. Qonun saltanatini barpo etish, eng avvalo, qonunlarga barchaning so'zsiz va og'ishmay amal qilishini ta'minlash orqali amalga oshirilishi mumkin. Afsuski, bugungi kunda korxona va tashkilotlarda mehnat qonunlarini buzish, xodimlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga bepisandlik bilan qarash hollari tez-tez uchrab turibdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Oila va ayollar muammolari komissiyasi majlisida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida joylashgan yengil sanoat korxonalarida Mehnat kodeksining xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va nogironlar uchun belgilangan imtiyozlarga doir qismini ijro etilishi ahvoli qoniqarsiz ekanligi, imtiyoz va kafolatlar bu shaxslarga to'la hajmda berilmayotganligi, boshqa qonunbuzarliklarga yo'l qo'yilayotganligi qayd etiladi. Ayrim hollarda qonunchilikni ta'minlash uchun masul shaxslarning o'zlari tomonidan mehnat qonunlari, boshqa qonun hujjatlari qo'pol buzilayotganini kuzatishning o'zi achinarli. Bunday salbiy holatlar qonunchilikni ta'minlash ustidan kuzatuv va nazoratni kuchaytirish dolzarb vazifalardan biri ekanligini ko'rsatadi. Mehnat qonunlari bajarilishi ustidan nazorat deganda vakolatli davlat va jamoat organlari tomonidan xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladigan maxsus faoliyat tushuniladi. Nazorat faoliyati davomida ushbu vakolatli organlar ish beruvchi va u vakil qilgan shaxslar tomonidan mehnat qonunlari buzilishining oldini oladilar, buzilgan mehnat huquqlarini tiklaydilar, qonun buzilishida aybdor bo'lgan mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy javobgarlikka tortadilar. Mehnat qonunlariga amal qilishni nazorat qilish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladigan tekshirish ishlaridan iborat va bunda ish beruvchi, uning vakili qarorlari, farmoyishlarining qonuniyligi tekshirib chiqiladi. Mehnat qonunlariga rioya etish masalalariga O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi «Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida»gi Qonuni, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bag'ishlangan. Mehnat munosabatlarida qonunchilikni ta'minlash borasida nazoratning quyidagi turlari amalga oshrilidi: a) davlat nazorati; b) idoraviy nazorat; v) sud nazorati; g) prokurorlik nazorati; d) jamoat nazorati. Mehnat qonunchiligini bajarishda amalga oshiriladigan nazorat faoliyatlari mehnat shartlarini belgilanishi va bu shartlarni qo'llanilishi ustidan amalga oshiriladi. Dastlabki nazorat, kundalik nazorat va yakuniy nazorat o'zaro farq qilinmog'i lozim. Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi va qonunlar bajarilishi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.36 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.36 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc