Mehnat resurslarining hududiy safarbarligi

Mehnat resurslarining hududiy safarbarligi

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat resurslarining hududiy safarbarligi - rasmi

Material tavsifi

Mehnat resurslarining hududiy safarbarligi Reja: Mehnat resurslarining hududiy safarbarligi jarayoni va uning sabablari Mehnat resurslarining hududiy safarbarligi ko'rsatkichlari va omillari Hududiy safarbarlik shakllari va uning mehnat resurslarini taqsimlashdagi o'rni Mehnat resurslarining hududiy safarbarligi jarayoni va uning sabablari Mehnat resurslari safarbarligining turli darajadagi ko'rinishlari: ishlab chiqarish jarayoni ichidagi xodimlar safarbarligidan boshlab tarmoqlar ichidagi va tarmoqlar aro safarbarlik turlarining barchasi o'zida mehnatga layoqatli aholining hududiy safarbarligini aks ettiradi. Aholining ish bilan bandligi tizimida ro'y beruvchi barcha o'zgarishlar mehnat resurslarining umumiy ishlab chiqarishni rivojlanishi va undagi taqsimot tufayli harakatga kelishi oqibatida hududiy safarbarlikni (migratsiyani) yuzaga keltiradi. Ishchi kuchining hududiy safarbarligiga ishlab chiqarish jarayonining muntazam texnik rivojlanib borishi, ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvidagi o'zgarishlar, mehnat taqsimotining shakllanishi natijasida hududlar orasidagi turmush tarzining farqlanishi kabi iqtisodiy omillar asos bo'lib xizmat qiladi. Hududuiy safarbarlik darajasi aholining savodxonlik darajasining ortishi, mamlakat hududlaridagi turmush tarzi haqida etarlicha ma'lumotga ega bo'lish, transport tizimining rivojlanishi kabi bir qator omillarga bog'liqdir. Ko'pgina mamlakatlarda mehnatga layoqatli aholining migratsiyasi, birinchi navbatda, fan-texnika taraqqiyoti, iqtisodiyot tarmoqlaridagi o'zgarishlar, hududlarni o'zlashtirish orqali ishchi kuchiga bo'lgan talabni qondirishga qaratilgan tadbirlar majmuasi bilan bog'liq. Migratsion jarayonlar faqatgina obyektiv omillar bilangina aniqlanmasdan, balki migratsiya bo'layotgan hududda kutilishi mumkin bir qator subyektiv omillarga ham bog'liq. Aynan shu subyektiv omillar tahlili asosida boshqa viloyat, shahar va boshqa tumanlarga migratsiya qilish qarori qabul qilinadi. Aholi migratsiyasi o'tkazilayotgan hududlar son va sifat jihatidan ishchi kuchiga mos bo'lishi, shu bilan birga ishchi kuchini shakllantirishga ham etarlicha shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishiga harakat qilish lozim. Ushbu jarayonlar xodimlarning o'z ehtiyojlarini to'laroq qondirishlari mumkin hududlarni topishlariga obyektiv ta'sir o'tkazadi. Ushbu ehtiyojlar ishlash yoki yashash sharoitlarida ham aks etishi mumkin. Boshqacha so'z bilan aytganda, migratsiya o'zida obyektiv va subyektiv omillar yig'indisini tashkil etadi. Hududiy safarbarlik orqali xodimning mehnatga bo'lgan layoqatini oshirish ishchi kuchi safarbarligining eng asosiy qonunlariga mos keladi. Mehnat resurslarining hududiy safarbarligi, birinchi navbatda, ishchi kuchini sarf qilishdagi hududlararo tafovutlar bilan izohlansa, ushbu safarbarlikning harakat darajasi turmush tarzidagi farqlar bilan izohlanadi. Shuning uchun turmush tarzi yuqori bo'lgan iqtisodiy hududlar aholisi soni aynan hududlar aro yuzaga keluvchi safarbarlik harakatlari tufayli yuqori bo'lib, turmush tarzi past bo'lgan iqtisodiy hududlardagi aholi sonining kamligini ham aynan shu omil bilan izohlash mumkin. Hududiy safarbarlik darajasining yuqori bo'lishida migrantlarning katta qismini individual tartibdagi migratsiya jarayonini amalga oshirishi bilan izohlash mumkin. Bazi ma'lumotlarga ko'ra, tartibga solinmagan migratsiya ko'rinishi 88-90 foizni tashkil etadi. Barcha migratsiya oqiminining faqatgina 13 qisminigina oqilona, deb hisoblash mumkin. Tartibga solinmagan migratsiya jarayoni garchi iqtisodiy hududlarning mehnat resurslariga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun taqsimlansa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.38 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.38 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga