Mehnat shartnomasi tushunchasi va fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishdagi o'rni

Mehnat shartnomasi tushunchasi va fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishdagi o'rni

O'quvchilarga / Huquq
Mehnat shartnomasi tushunchasi va fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishdagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

Mehnat shartnomasi tushunchasi va fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishdagi o'rni Reja: 1. Mehnat shartnomasi tushunchasi va ahamiyati 2. Mehnat shartnomasining fuqarolik huquqiy shartnomalardan farq qiluvchi jihatlari 3. Mehnat shartnomasi va uning tomonlari 4. Mehnat shartnomasining shakli, mazmuni va amal qilish muddatlari Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan hozirgi paytda tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati keng tarqalib, aholi daromad manbalarining noan'anaviy shakllari yuzaga kelayotgan bo'lsada, fuqarolarning korxona va tashkilotlarda yollanib ishlashlari orqali milliy daromad yaratilishida qatnashayotganlari, ish haqi sifatida daromad olish yo'li bilan esa ushbu milliy daromaddan o'z ulushlarini olayotganlari jamiyat iqtisodiy hayotida salmoqli o'ringa ega bo'lib bormoqda. Ana shunday sharoitda fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini ro'yobga chiqarishning huquqiy mexanizmini chuqur anglab yetish, bu mexanizmning samarali ishlashini ta'minlash katta ahamiyatga ega. Chunki mehnat resurslaridan oqilona foydalana olish, fuqarolarning mehnat huquqlarini amalda ta'minlash va yetarli himoya qilish ushbu omilga ko'p jihatdan bog'liqdir. Respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan chuqur ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy o'zgarishlar, eng avvalo, mehnat va ijtimoiy himoya masalalari borasida xalqaro standartlarni tobora keng joriy etilayotganligi, milliy qonunchiligimizni ushbu xalqaro huquqiy andozalarga yanada kengroq muvofiqlashtirib borilayotganligi tufayli mehnatga oid huquqiy munosabatlarda bozor munosabati qoidalariga xos bo'lgan umuminsoniy, umumdemokratik jihatlar muntazam ravishda kuchayib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi bilan fuqarolarga berilgan mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish, yollanma mehnat qilish huquqining asosiy tashkiliy huquqiy shakli - fuqaro bilan ish beruvchi o'rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 72-moddasida keltirilgan rasmiy ta'rifga ko'ra: «Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o'rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo'yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo'ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir». Biroq, ushbu rasmiy ta'rif mehnat shartnomasiga xos barcha jihatlarni qamrab ololmaydi. Chunki mehnat huquqi nazariyasi mehnat shartnomasiga fuqarolar mehnat qilish huquqlarini ro'yobga chiqarilish shakli, mehnat munosabatlari yuzaga kelishi va amalga oshishi asosi hamda mehnat huquqi fani institutlaridan biri sifatidagina emas, balki xodim bilan ish beruvchi o'rtasida yuz bergan yuridik fakt, ushbu faktni o'zida qayd etuvchi yozma hujjat hamda mehnat munosabati taraflarning qonuniy huquq va manfaatlarini muhofazalashning yuridik vositasi sifatida ham qaraydi. Mehnat shartnomasi tuzilishi vositasida xodim va ish beruvchining o'zaro munosabatlari individuallashtiriladi hamda huquqiy tartibga solinadi. Faqat mehnat shartnomasi tuzilishi yo'li bilangina fuqaro xodim maqomini oladi, mehnat jamoasiga qo'shiladi, korxona lokal me'yoriy hujjatlari, ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat qonunlari to'la hajmda unga tatbiq etila boshlanadi. Mehnat qonunlari ishga qabul qilishni huquqiy jihatdan tartibga solar ekan, ish turi, joyi va kasb-qorini tanlash erkinligi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 86.53 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 86.53 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga