Mehnatga doir ishlarda taraflar va ularning protsessual huquqiy holati

Mehnatga doir ishlarda taraflar va ularning protsessual huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Mehnatga doir ishlarda taraflar va ularning protsessual huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

mehnatga doir ishlarda taraflar va ularning protsessual huquqiy holati mehnatga oid nizoli ishlarni sudlarda to'g'ri va o'z vaqtida ko'rib xal qilish ko'p jihatdan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ayniqsa, taraflarning protsessual holatini to'g'ri aniklab olishga xam bog'likdir. Ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt) ni bekor qilishdan kelib chikadigan nizoli ishlarda ishtirok etuvchi taraflarning tarkibi mehnat shartnomasi hamda qonun bilan katiy belgilab ko'yilganligi ushbu turkumdagi nizoli ishlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun xam mazkur turkumdagi ishlarda mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ishtirok etmaydilar, mustaqil talab bilan arz kilmaydigan uchinchi shaxslarning ishtiroki esa cheklangan bo'ladi. mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chikadigan nizoli ishlarda taraflar korxona, tashkilot, muassasa va xodimlar hisoblanib, ular o'rtasida nizo mehnat qonunchiligini ko'llash borasida yuzaga kelib, sudlarda ko'rish uchun tegishli bo'ladi. Shu o'rinda aytish joizki, davo arizasi kim tomonidan berilmasin, ishga tiklash to'g'risidagi mehnat ishlari bo'yicha da'vogar sifatida xodim, javobgar sifatida esa ish beruvchi etirof etiladi. D.A.Safina ish beruvchi mehnat nizolari komissiyasining karoridan norozi bo'lib, sudda ish ko'zg'atgan taqdirda xam javobgar sifatida etirof etilishini takidlab, mehnat nizolarining mehnat nizolari komissiyasi va sudda ko'rilish jarayoni yagona tizimda ro'y berishligini, demak, protsessual huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi va uning boshlanishi vaqtida da'vogar va javobgar maqomini olgan taraflar ushbu holatni mehnat nizosi sudda xal qilib bo'linguniga qadar xam saklab qolishlarini etirof etadi. Sudda buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilish maqsadida davo arizasi takdim etish huquqini amalga oshirishning muhim shartlaridan biri protsessual harakatlarni amalga oshirishga qobiliyatli bo'lish, yani protsessual muomala layokatiga ega bo'lishlikdir. Sudda o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layokati voyaga etgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir (FPKning 38-moddasi). fuqaro 18 yoshga to'lgach, fuqarolik protsessida shaxsan ishtirok etishi, protsessual harakatlarni amalga oshirishi va o'ziga tegishli protsessual huquqlardan foydalanishi mumkin bo'ladi. Voyaga yetmagan, yani yoshi o'n to'rtdan o'n sakkizgacha bo'lgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan ko'riklanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki xomiylar tomonidan himoya kilinadi (FPKning 38-moddasi). Mazkur qoidadan istisno ravishda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chikadigan ishlar bo'yicha xodimlarning fuqarolik muomala layokati 15 yoshdan boshlanadi. huquqiy adabiyotlarda ayrim olimlar, xususan, R.Ye.Gukasyan xodimning protsessual muomala layokati uning mehnat qilishga bo'lgan huquq layokatiga ega bo'lishidan kelib chiqishini takidlab o'tadi. mehnat kodeksining 77-moddasiga ko'ra, xodimlarning mehnat huquq layokati umumiy qoida bo'yicha 16 yoshdan, istisno holatlarda ularning ota-onasidan birining yoki ular o'rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan 15 yoshdan boshlanadi. Shuningdek, yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta'lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'quvchilarini 14 yoshga to'lganlaridan keyin ota-onasidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.5 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.5 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga