MEHNATGA OID MUNOSABATLAR 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani asosida 20-mavzu Reja: Mehnat munosabatlarining asoslari Mehnat to'g'risidagi qonunlarning vazifalari Mehnat qonun hujjatlarining manbalari Mehnatga oid munosabatlar subyektlari Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar va ish beruvchilar o'rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim o'rin tutadi. Mehnat munosabatlarining asoslari Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o'tash tartibidan yoki qonunda ko'rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko'ra barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo'lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Mehnat sohasida o'zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o'ziga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvofiq mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan: - har bir shaxs mehnat qilish; - erkin ish tanlash; - haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish; - o'z mehnati uchun haq olish; - muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o'rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to'lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish; - xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish; - kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; Mehnat to'g'risidagi qonunlarning vazifalari Odamlar hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan hamma narsa mehnat bilan yaratiladi. Bundan jamiyat va alohida har bir insonning hayotida mehnatga oid munosabatlar o'ynaydigan rol yaqqol namoyon bo'ladi. Mehnat jarayonid a vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solmay, mehnat unumdorligini hamda ishlayotganlarning moddiy va madaniy darajasini oshirib bo'lmaydi. Mehnat qonun hujjatlarining manbalari Mehnat huquqining negiz bo'luvchi manbalari Konstitutsiya va Mehnat kodeksi, ularning amal qilishi butun O'zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq etiladi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-modda), xalqaro Mehnat tashkilotining konvensiyasi (2-modda), Respublika Prezidenti farmonlari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bosh, sohaviy va boshqa kelishuvlar hamda jamoa shartnomalari hisoblanadi. Mehnat huquqining xususiyati shundan iboratki, amalda har qanday masala, agar bunday qaror Mehnat kodeksi qoidalariga zid bo'lmasa va xodimning ahvolini yomonlashtirmasa, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida hal etilishi mumkin. Mehnatga oid munosabatlar subyektlari Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo'lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 6-modda Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: pptx