Mehnatga oid nizoli ishlarni ijro etish xususiyatlari Reja: Mehnatga oid nizoli ishlarni ijro etish xususiyatlari Mehnat qonunchiligida mehnat nizolari yuzasidan mehnat nizolari Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini qo'riqlash maqsadida chiqarilgan qarorlarni ijro etish fuqarolik protsessining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Aynan ushbu bosqichda shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari to'la ravishda tiklanishi mumkin. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha chiqarilgan sud hal qiluv qarorlarining to'la va o'z vaqtida ijro qilinishi mehnat huquqlari buzilgan xodimlarning manfaatlarini himoya qilinishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquqiy hujjatlarni majburiy ijro etish tizimi sifatida ijro ishlarini yuritish O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, takomillashib bormoqda. 2001 yil 29 avgustda Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi o'z navbatida turli huquq tarmoqlari (FPH, XPH va boshqa huquq sohalari) ga oid bo'lgan normalarni birlashtirdi va faqat sud organlarining qarorlari emas, balki boshqa organlarning (masalan, ma'muriy organlar, mehnat nizolari komissiyasi, soliq organlari va boshq) qarorlarini ham ijro etish tartibi belgilab berildi. Sud tizimini isloh etish, sudlarning mustaqilligini mustahkamlash, ular faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta'minlash, shuningdek sud qarorlarini o'z vaqtida va sifatli ijro etilishiga erishish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001 yil 22 sentabrda «O'zbekiston Respublikasi sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 383-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta'minlash departamenti qayta tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, ushbu qaror bilan shu departament to'g'risidagi Nizom ham tasdiqlandi (qarorning 1-ilovasi). Departamentning asosiy vazifasi sud hujjatlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va mablag' bilan ta'minlashga doir ishlarni tashkil etishdan iboratdir. Shuningdek, mazkur departament zimmasiga sudyalar va sud protsesslari xavfsizligini ta'minlash, sud ijrochilari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo'yish kabi vazifalar yuklatilgan. Boshqa fuqarolik ishlari yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari kabi mehnat ishlari bo'yicha chiqarilgan qarorlarning ijrosini departamentning joylardagi bo'limlarida faoliyat yurituvchi sud ijrochilari amalga oshiradilar. Umumiy qoidaga ko'ra, mehnat nizoli ishlar bo'yicha chiqarilgan sud hal qiluv qarori apellyatsiya shikoyati berish muddati o'tgach yoki apellyatsiya shikoyati yohud protestini qanoatlantirishni rad etib, sud hal qiluv qarorini o'z kuchida qoldirish to'g'risida ajrim chiqargandan so'ng qonuniy kuchga kiradi. Qonunchilik mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlar bo'yicha sud hal qiluv qarorlarini ijro qilishning qator xususiyatlarini nazarda tutadi. Jumladan, xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo'lmagan ish haqini undirib berish to'g'risidagi hamda mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to'g'risidagi, shuningdek mehnat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.07 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.07 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: doc