Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko'rishga tayyorlash Fuqarolik protsessual qonunchiligi birinchi instansiya sudlarida da'vogarning da'vo arizasini qabul qilish to'g'risidagi masala ijobiy hal qilingach, majburiy bosqich sifatida ishni sudda ko'rishga tayyorlashni nazarda tutadi. Huquqiy adabiyotlarda fuqarolik ishlarini sudda ko'rishga tayyorlash fuqarolik huquqiy nizolarining mumkin qadar tezlashtirib, to'la va har tomonlama ko'rilishi hamda hal etilishini ta'minlash maqsadlarini ko'zlagan holda amalga oshirilishi ta'kidlanadi. Birobarin, mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko'rishga tayyorlashning asosiy maqsadi ham mehnat nizolarini hal qilish uchun maxsus muddatlarning joriy etilganligini e'tiborga olib, birinchi sud majlisidayoq tez va to'la ko'rib hal qilishdan iboratdir. Mehnat ishlarini sudda ko'rishga tayyorlash bosqichida sudya tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar bu to'g'risida chiqarilgan ajrimda o'z aksini topishi lozim bo'ladi. B.A.Budeyevning fikricha, ishni sudda ko'rishga tayyorlash to'g'risidagi ajrimda sudya ikkita masalani, ya'ni birinchidan, ishni o'z yurituviga qabul qilish va ikkinchidan, ishni sudda ko'rishga tayyorlash to'g'risidagi masalani hal qilishga haqli bo'ladi. Bizning fikrimizcha ham sudyaning yuqoridagi ikki masalani bir protsessual hujaatda birlashtirishi maqsadga muvofiqdir. Sudya ishni sudda ko'rishga tayyorlash bilan bog'liq harakatlarni amalga oshirishga fuqarolik ishini qo'zg'atganidan so'ng kirishadi. Qonun mehnat ishini qo'zg'atmasdan avval tayyorlov harakatlarini amalga oshirishni nazarda tutmaydi. Aks holda fuqarolik sud ishlarini yuritishning qonunda nazarda tutilmagan bosqichi yuzaga kelishi mumkin. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash to'g'risida ajrim chiqarilishi sudya tomonidan ishni sudda ko'rishga tayyorlash harakatlarini boshlaganligidan dalolat beradi. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudyaning amalga oshirishi lozim bo'lgan protsessual harakatlari FPKning 160-moddasida o'z ifodasini topgan bo'lib, tayyorlov jarayonida sudya ish holatlaridan kelib chiqib, mazkur moddada ko'rsatilmagan boshqa tayyorlov harakatlarini ham amalga oshirishi mumkin. Ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo'shatilgan yoki boshqa ishga o'tkazilgan xodimni ishga tiklash to'g'risidagi nizoni sudda ko'rishga tayyorlash bosqichida sudya bu to'g'risida buyruq bergan mansabdor shaxsni javobgar tomonidan turib ishtirok etish uchun uchinchi shaxs sifatida jalb etish masalasini hal qiladi. Shu o'rinda ishni sudda ko'rishga tayyorlash jarayonida mansabdor shaxsni xodimni ishdan bo'shatganlik yoki boshqa ishga o'tkazganlik sabablarini aniqlash maqsadida so'roqlashi lozim. Amaldagi protsessual qonunchilikka ko'ra, sudya tayyorlov bosqichida ishga daxldor bo'lmagan tarafni almashtirish, sherik ishtirokchilik masalalariga ham e'tibor berishi lozim. Jamoa moddiy javobgarligi to'g'risidagi ishlar bo'yicha sudya jamoaning barcha a'zolarini sherik javobgar sifatida protsessga jalb qilish choralarini ko'rishi lozim. Ayrim hollarda xodimga yetkazilgan zararni undirish to'g'risidagi ishlarni sudda ko'rishga tayyorlash jarayonida zarar yetkazilishiga sabab bo'lgan mansabdor shaxsning g'ayriqonuniy xatti-harakat (harakatsizlik)lar sodir etganligi aniq bo'lib qoladi. Bunday hollarda sudya mazkur shaxsni albatta sherik javobgar sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb etishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bu ikkinchi javobgar sifatida tegishli javobgarning protsessual holatini aniqlab olishga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.1 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.1 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: doc