Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda mazmunan ko'rib xal qilishning o'ziga xos protsessual xususiyatlari

Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda mazmunan ko'rib xal qilishning o'ziga xos protsessual xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda mazmunan ko'rib xal qilishning o'ziga xos protsessual xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda mazmunan ko'rib hal qilishnng o'ziga xos protsessual xususiyatlari Sudlarda ko'rib, hal qilinayotgan fuqarolik ishlari ichida mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlar ko'pchilikni tashkil etadi. Jumladan, 200 yilda Respublika bo'yicha sudlarda fuqarolik ishlari yuzasidan ko'rib hal qiluv qarori chiqarilgan ishlar 94702 tani tashkil etib, shulardan 522 tasini ishga tiklash haqidagi ishlar, 5457 tasini esa mehnat vazifasini bajarishda xodimlar tomonidan etkazilgan zararni undirish to'g'risidagi ishlar tashkil etgan. Mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'rib, hal qilish jarayonida sudlar mazkur turkumdagi ishlar uchun qonunda belgilangan bir qator protsessual xususiyatlarni etiborga olishlari lozim bo'ladi. O'z navbatida mazkur xususiyatlar nizoli moddiy-huquqiy munosabatning xarakteri bilan belgilanib, faqat moddiy huquq (mehnat huquqi) normalaridangina emas, balki protsessual huquq normalari (FPK)da ham nazarda tutilgan. O'zbekiston Respublikasi FPKning 13-moddasiga muvofiq mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar, boshqa turkumdagi fuqarolik ishlari kabi birinchi instansiya sudlari tomonidan sudyaning yakka o'zi tomonidan ko'riladi (FPKning 13-moddasi). Shu o'rinda, mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko'rish muddatlarida o'ziga xos protsessual xususiyatlar mavjudligini alohida qayd etish lozim. Jumladan, FPKning 131-moddasiga muvofiq, mehnat ishlari birinchi instansiya sudi tomonidan sudda ko'rishga tayyorlab bo'lingan kundan etiboran o'n kun ichida, basharti, taraflar bir tuman yoki shaharda joylashgan bo'lsalar, yigirma kundan kechiktirmay ko'rilishi lozim. Mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko'rish muddatining bir oy qilib belgilanishiga qonun yo'l qo'ymaydi. Malumki, fuqarolik ishlarini ko'rish muddatlariga og'ishmay rioya etish odil sudlovni amalga oshirishda qonunchilikni mustahkamlashga, sud ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim omillardan biridir. Lekin shunday bo'lsada, fuqarolik ishlarini ko'rish muddatlariga ayrim sudlarning rioya qilmaslik hollari kuzatilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Fuqarolik ishlarini sudda ko'rishga tayyorlash va ularni ko'rish muddatlari to'g'risida»gi 199 yil 24 sentyabr qarorida Respublika sudlari tomonidan fuqarolik ishlarning malum qismi belgilangan muddatlarni buzib ko'rilayotganligi takidlanadi. Shu o'rinda Respublikamizning tumanlararo fuqarolik ishlarini ko'ruvchi sudlari tomonidan ish ko'rish muddatlarining hozirgi ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlarga murojaat qiladigan bo'lsak, 200 yilda jami tamomlangan ishlar 94702 tani, 2001 yilda esa 11004 tani tashkil etsa, shulardan 200 yilda 1373 tasi, 2001 yilda esa 2776 tasi bo'yicha ish ko'rish muddatlari buzib ko'rilgan. Shuningdek, 200 yilning to'qqiz oyida tumanlararo sudlarda jami tamomlangan ishlar 87077 tani tashkil etib, ulardan 4522 tasi qonunda belgilangan muddat buzilib ko'rilgan. Mehnat ishlarini mazmunan ko'rib, hal qilish jarayonida sudlar protsessual qonunchilikda belgilangan bir qator shartlarga amal qilishlari talab etiladi. Ushbu shartlardan biri sudlarning FPKning 17-bobida nazarda tutilgan talablarga rioya qilishlaridan iboratdir. Fuqarolik ishlarini hal qilishda sud majlisi qo'yidagicha qismlarga: tayyorlov qismi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.58 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.58 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga