Menejer faoliyatini tashkil qilish Reja: Boshqaruvchilik mehnatini tashkil qilish va uning sharoitlari Rahbarning o'zini o'zi boshqarishi Rahbar faoliyatini tashkil etishdagi vositalar va asbobanjomlar Boshqaruvchilik mehnatini tashkil qilish va uning sharoitlari Boshqaruvchilik mehnati - tashkilotda ma'muriy-boshqaruv xodimlari tomonidan boshqaruv ishlari vazifalarini bajarish turi. Ma'muriy-boshqaruv xodimlari ishchilardan farqli ravishda o'z qo'llari bilan (mehnat vositalarini ishlatib) mehnat qilmaydilar, moddiy boyliklar yaratmaydilar. Ular ishlab chiqarish(savdo-sotiq) vazifalarini bavosita bajaruvchi odamlarning samarali mehnat qilishlari uchun kerak bo'lgan tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratadilar. Demak, boshqaruvchilik vazifalari qanchalik sifatli bajarilsa, ishlab chiqarish obyekti shuncha ishonchli va samarali ishlaydi. Boshqaruvchilik mehnati jarayonida muayyan resurslardan foydalaniladi - moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqalar, ulardan samarali foydalanish ham ishlab chiqarish faoliyatining pirovard natijasiga ta'sir qiladi. Shu tariqa, boshqaruvchilik mehnati bu - jamoaviy ishlab chiqarish mehnatining ko'rinishlaridan biri, chunonchi, birgalikda yetishtirilgan mahsulot ishchilar va boshqaruv xodimlarining faoliyati natijasidir. U ishchilar mehnati kabi zaruriydir. Boshqaruvchilik mehnati nihoyatda turli-tumandir, shu bilan bog'liq ravishda uning operatsiya va protseduralarini aniq tasniflab va tiplashtirib bo'lmaydi. Bundan tashqari, boshqaruvchilik operatsiyalari muttasil kengayib boradi, operatsiyalarning o'zi bir tomondan, boshqaruv usullari o'zgarishi, ikkinchi tomondan, yangi texnik vositalar ishlatilishi ortishi natijasida boshqa shakllarga kiradi. Shunga qaramay, boshqaruvchilik mehnatining eng xarakterli (ko'zga ko'ringan) operatsiyalarini ajratib ko'rsatish mumkin, ular, avvalambor, boshqaruvchilikka oid qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida uchraydi. Ular quyidagilardir: muammoni o'rtaga tashlash; qo'lda va kompyuter yordamida axborot izlash; axborotni tahlil qilish; axborotni guruhlash (qo'lda yoki kompyuter yordamida); kompyutersiz eng oddiy hisob-kitoblar; kompyuter yordamida hisob-kitoblar; qarorni tayyorlash; qarorlarni shaxsiy qabul qilish; qarorlarni bamaslahat qabul qilish; hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlar yozish va h.k.z. Ma'muriy-boshqaruvchi xodimlarning birgalikdagi mehnat mahsulotiga ta'siri axborotdan foydalanish va uni tegishli qarorlar shakliga keltirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu ish qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'lida obyektning holatini o'zgartirish uchun bajariladi. Shuning uchun ma'muriy-boshqaruvchi xodim mehnatining asosiy xususiyati ular mehnati predmeti va mahsulotining axborot xarkterida ekanligidir. Bu esa mehnat jarayonining (uning mazmuni va natijalariga ko'ra) mehnatning boshqa turlaridan butunlay farqlanishida namoyon bo'ladi. Boshqaruvchilik mehnatining yana bir xususiyati uning aqliy mehnatga asoslanganligidir. Bu mehnat predmeti va mahsulotining axborot xarakteridan kelib chiqadi, shu boisdan, odatda, ma'muriy-boshqaruvchi xodimlar, ayniqsa, qarorlar izlash va amalga oshirishda ko'p miqdorda asabiy-hissiy kuch ishlatishlariga to'g'ri keladi. Mehnat faoliyatining barcha turlaridagi kabi boshqaruvda ham mehnatni taqsimlash mavjuddir. U boshqaruv obyektlari farqlanishi bilan bog'liq ravishda namoyon bo'ladi. Boshqaruv turkumlari, ko'rinishlari farqliligi boshqaruvchilarning tarmoq, iqtisodiy faoliyat toifasi, boshqarilayotgan obyekt turiga bog'liq ravishda ixtisoslashuviga zaruriyat tug'diradi. Boshqaruvchilik faoliyati turlari bo'yicha, boshqaruvchilik ixtisoslari bo'yicha farqlanish mavjud, masalan, tahlilchilar, rejalovchilar, hisobchilar, menejerlar. Boshqaruvchilik mehnati bilan shug'ullanuvchi xodimlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
134.24 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
134.24 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: doc